"Qattiqqo'l xonim" filmi yulduzi Enn Xeteuey
uchinchi farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda TMZ nashri xabar bermoqda.
Paparatsilar aktrisani Nyu-York ko'chalarida chaqalogʻini maxsus ko'tarib yurish moslamasida olib ketayotganida suratga olishgan. Hozircha farzandining jinsi ma'lum qilinmagan.
Enn Xeteuey prodyuser va zargar Adam Shulman bilan turmushidan yana ikki o'g'il farzandni tarbiyalamoqda.

Aktrisa joriy yilda «Qattiqqo'l xonimlar 2», «Odisseya» va «Veriti sirli kundaligi» trilleri kabi beshta yirik loyihada bosh rollarni ijro etmoqda.
2028-yilda esa u «Momaqaldiroq kunlari» (Days of Thunder) filmining davomi hamda «Tongda yolg'iz» nomli harbiy jangari dramada ekranlarga qaytishi kutilmoqda.
Tasodifiy xabarlar
"Marvellar" filmidan yangi rasmiy tizerni tomosha qiling
"Moana 2" animatsion filmidan yangi rasmiy tizer
One piece Van Pis serialining 2 - mavsumidan yangi rasmiy treyler
"Haile 2" O'zbek tilida rasmiy treyler dahshatli film
Van Xelsing haqidagi serial suratga olinadi
"Dedpul 3" O'zbek tilida rasmiy treylerni tomosha qiling