Disney "Sohibjamol va maxluq" filmidagi bosh yovuz qahramon Gaston haqida alohida film ishlab chigmoqda. Hozircha loyiha ishlab chiqarish bosqichida boʻlib, Gaston obrazi yangi talqinda namoyon bo'ladi. Deadline nashriga ko'ra, film 2017-yilda chiqqan "Sohibjamol va maxluq" remeyki bilan bog'liq bo'lmaydi. Kartinada yangi aktyorlar paydo bo'ladi va hikoya yanada sarguzashtli tus oladi.
Ssenariyni ilgari "O'rgimchak odam: olamlar to'ri", "Shan-Chi va o'nta uzuk afsonasi" va "Godzilla Kongga qarshi" kabi filmlar ustida ishlagan Deyv Kallahem yozgan. Loyiha prodyuseri sifatida Disney va Lucasfilm bilan uzoq yillik hamkorligi bor Mishel Reyvan ishlamoqda. Uning asarlari orasida "Yulduzlar jangi: kuchning uyg'onishi", "Andor" va "Obi-Van Kenobi" loyihalari mavjud.

Gaston obrazi ilk marta 1992-yilda Disney multfilmida paydo boʻlgan. U o'ziga bino qo'ygan, shafqatsiz ovchi bo'lib, Bellga oshiq boʻlsa-da, uning sevgisi javobsiz qoladi. 2017-yilgi remeykda mazkur rolni aktyor Lyuk Evans ijro etgan. Film jahon prokatida milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, studiya Gaston ishtirokidagi yangi serial suratga olishni muhokama qilgan, ammo loyiha amalga oshmagan. Gaston haqidagi yangi filmning rejissyori hali tayinlanmagan va syujet tafsilotlari sir saqlanmoqda.

Shuningdek, Disney oktyabr oyida "Rapunzel" asosida o'yin filmi ustida ishlashni davom ettirayotgani ma'lum bo'ldi, unda Skarlett Yoxansson bosh rolni ijro etishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, joriy yil 26-noyabr kuni Disney'ning so'nggi 10 yil ichidagi eng muvaffaqiyatli multfilmining davomi jahon kinoteatrlarida namoyish etildi. Loyiha atigi 17 kun ichida 1 milliard dollarlik global daromadni ortda qoldirib, ushbu natijaga erishgan eng tezkor PG toifasidagi film sifatida rekord o'rnatdi.
Tasodifiy xabarlar
Kapitan Amerika 4 O'zbek tilida ilk rasmiy treyler
Oʻzbek kinosi Hindistondagi festivalda “Eng yaxshi film” deb topildi
Tobey Maguayr "O'rgimchak odam" ro'liga qaytmoqchi
Jonni Dep kinofestivalda muhlislar olqishiga sazovor bo'ldi
Uyda yolg'iz filmi aktyorlari xozirgi kunda qanday ko'rininishda? (video)
Jenna Ortega "Wednesday" seriali 2 mavsumi haqida yangilik aytdi.