Dunyoga mashhur “Mashaqqatlar sari” (Breaking Bad) serialida Uolter Uayt yashagan uy yangi egasini topdi. 25 yoshli taniqli strimer Edin Ross Albukerk shahridagi ushbu xonadonni 1,3 million dollarga sotib oldi.
Serialda bu uy kimyo o‘qituvchisi, keyinchalik esa narkobaron bo‘lgan Uolter Uayt oilasi yashagan joy sifatida tasvirlangan. Real hayotda esa uy Joanna Kintanaga tegishli bo‘lib, u ota-onasi vafotidan so‘ng xonadonni sotuvga qo‘ygan.Edinn Rossning aytishicha, uyni olish oson bo‘lmagan — boshqa xaridorlardan ham yuqori narx taklif qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Strimer uyni oddiy yashash uchun emas, balki serialdagi koʻrinishiga maksimal darajada o'xshatish niyatida. U hatto ventilyatsiya panjaralari ortiga "pul dastalari” yashirish, hovliga mashhur laboratoriya-furgonni qoʻyish va hatto tomga pitsa tashlash kabi g'oyalarni ham aytgan.

Qizig'i, uy dastlab 4 million dollarga sotuvga qo'yilgan, hatto bir paytlar narxi 400 ming dollargacha tushirilgan. Ammo yakunda kimoshdi savdosi sabab u 1,3 million dollarga sotildi.
Tasodifiy xabarlar
"Flesh" filmidan yangi ikkinchi rasmiy treyler (Video)
"Sherlok" serialining davomi suratga olinadimi?
La'nat 4 filmi La'nat oxirgi marosim filmidan yangu rasmiy treyler
"Cheburashka: Dam olish kuni" maxsus bayram filmidan rasmiy tizer
One piece Van Pis bir bo'lak seriali suratga olish jarayoni 2 - qism
Uill Smitning shaxsiy reytingi:O'zi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar