Yanvarda 60 yoshga to‘ladigan Nikolas Keyj kinodagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda.
Aktyor bu haqida shunday deydi: “O‘zimni aytmoqchi bo‘lgan barcha narsalarni gapirib bo‘lgandek his qilyapman. Qo‘limdan kelgan hamma ishni qildim. Kino bilan yuqori notada xayrlashmoqchiman. Balki faoliyatim yakuniga qadar yana uch-to‘rtta filmda suratga tusharman”, — deya taʼkidladi amerikalik kino yulduz.
Biroq, u o‘zini teleseriallarda sinab ko‘rishga tayyorligini aytdi.
Maʼlumot uchun, aktyor faoliyati davomida “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Uning ishtirokidagi “O‘g‘irlangan”, “Alomat”, “G‘azab”, “Kreyser” filmlari dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan.


Tasodifiy xabarlar
Beetlejuise Beetlejuise filmining barcha treylerlari
Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi qismida nega suratga tushmaydi?
"Yovuz murdaning tirilishi" daxshatli film (Treyler)
"Qizil" filmi O'zbek tilida ilk rasmiy treyler (Video)
BAFTA mukofoti g'oliblari e'lon qilindi (Foto)
Tom va Jerri multfilimining Osiyo variyantini tomosha qilamiz