Kuchli ayol tushunchasi metafora emas. Gollivud yulduzlari orasida filmlardagi kuchli ayollar kabi jang qila oladigan, turli xil tryuklarni amalga oshira oladiganlari ham bor. Quyida hech kimga o‘zini xafa qilib qo‘ydirmaydigan mashhur ayollar haqida so‘z boradi.
1) Jina Karano

Aktrisa Jina Karano Gollivudda shuhrat qozonish uchun ancha ter to‘kdi va rollari uchun katta mehnat sarfladi. Jina bolaligidan jang san’atini yaxshi ko‘rardi, u hatto MMA bo‘yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. Aktrisaning bu jihati e’tiborga olindi, uning jangovar qobiliyati qadrlandi va ekranda o‘zini sinab ko‘rish imkoniyati taklif qilindi.
2) Gal Gadot

Gollivud yulduzi Gal Gadot ikki yil davomida Isroil armiyasida sport murabbiyi bo‘lgan. Aktrisa “Mo‘jizakor ayol” filmida murakkab tryuklarni o‘zi bajargan.
3) Ronda Rauzi

Ronda yoshligidan dzyudo bilan professional tarzda shug‘ullangan. Natijada, Rauzi aralash yakkakurash bo‘yicha chempion bo‘ldi va dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilardan biriga aylandi. Shuningdek u filmlar va seriallarda rol o‘ynaydi.
4) Lyusi Lyu

Aktrisa Lyusi Lu pichoq va tayoqlarni mohirona ishlatadi. Lyusi uzoq vaqt davomida kali, eskrima va silat kabi Janubi-Sharqiy Osiyo jang san’atlarini o‘rgangan. Umuman olganda, “Billning qotili” va “Charli farishtalari” Lyu filmografiyasida tasodifan paydo bo‘lmagan.
5) Jessika Alba

Jessika ko‘p yillar davomida taekvondoni yaxshi ko‘rgan va ushbu sport turi bo‘yicha qora belbog‘ sohibasiga aylangan. Hozirda u faqat formasini saqlab qolish uchun mashq qilishni davom ettirmoqda. Bunday mahoratga ega aktrisaga tansoqchi ham kerak emas.
Tasodifiy xabarlar
Eng zo'r joker kim? Barcha joker filmlari haqida(video)
"Tor" Kris Hemsvort hayoti va ijodi haqida (Video)
Ilon Mask haqida film suratga olinmoqda
Kapitan Amerika 4 filmida, Qizil Halkni ko'ramizmi?(Video)
"Top Gan: Meverik" Oskar 2023 ga nomzod bo'ladi
"Gladiator 2" filmi suratga olinishida yong'in kelib chiqdi