"Wednesday" 2 mavsumi boshlanish arafasidami?

2022 yilda Netflix tomonidan taqdim etilgan “Wednesday” seriali yana qaytmoqda. Bu haqda Netflix o‘zining YouTube’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Filmning 1-mavsumi 8 qismdan iborat bo‘lib, tarmoqqa joylangan birinchi haftaning o‘zida soatiga 341,2 million marta ko‘rilgandi. 

 

Kecha, 18 iyun kuni esa kinokompaniya filmning navbatdagi mavsumi suratga olish jarayonida ekanligi haqida YouTube sahifasiga video joyladi.

Videoda filmning 1-mavsum qahramonlari kelasi qismlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4 ta voqea haqida gapirgan. Ularga ko‘ra:

 

• 1-mavsum oxirida mag‘lub etilgan Krekstounning uzugini asalari boquvchisi Yujin olgan bo‘lishi mumkin. Bu uzukni qo‘lga kiritgan odam Krekstounning qudratiga ega bo‘ladi. Yujin bu qudratdan uni tahqirlaganlardan o‘ch olish maqsadida foydalanishi mumkin;

So‘nggi qismda Uenzdey filmdagi dahshatli mahluq “Xayd”ning sohibi Laurel Geytsni mag‘lub qilgandi. Endi qizning o‘zi “Xayd”ga egalik qilishi mumkin;

 

8-qismda Laurel Geyts tomonidan o‘ldirilgan Professor Uems tirik bo‘lishi mumkin. Chunki filmda uning dafn marosimi ko‘rsatilmagan. Taxminlarga ko‘ra, Uems Adamslar oilasining xizmatkori Lunch ko‘rinishiga kirib olgan;

 

Navbatdagi mavsumda Adamslar oilasining yangi a’zosi ko‘rinish beradi. Qahramonlarning fikricha, bu Uenzdeyning buvisi bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, “Wednesday” dastlab amerikalik karikaturachi Charlz Addamsning suratlarida ko‘rinish bergan. 1964 yildan boshlab teleekranlarda paydo bo‘lishni boshlagan. U asosida gazeta karikaturalari, teleshoular va bir nechta film suratga olingan.


×