Ko‘plab yulduzlar film va seriallarni suratga olishda qo‘shimcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladi. Masalan, qahramonlari nima kiyishini o‘zlari tanlaydi. Bugun shunday aktyorlardan ba'zilarini e'tiboringizga havola qilamiz.
Daniel Kreyg, Jeyms Bond filmlari seriyasi
Deniel Kreyg birinchi marta Jeyms Bond rolini o‘ynaganida, u obrazi uchun kiyim tanlay olmaydi. Ammo “007: Skyfall” filmidan boshlab, aktyor qahramon obraziga o‘ziga xos narsalarni qo‘shishni boshlaydi. Misol uchun, u torroq kostyum so‘raydi, chunki u haqiqiy hayotda shunday kiyinadi. Shunday qilib Bond ham Kreygning sevimli brendlarini kiyishni boshlaydi.
Juliya Roberts, “Notting Hill” filmi
Sahnalardan birida Juliya Robertsning qahramoni sevgilisi oldiga keladi va unga bo‘lgan his-tuyg‘ularini tan oladi. Ssenariy muallifining aytishicha, Robertsning shunday muhim epizod uchun libosni o‘zi tanlagan. Robertsning so‘zlariga ko‘ra, uning qahramoni o‘sha sahnada oddiy odamga o‘xshab ko‘rinishi kerak edi. Shuning uchun, Juliya shunchaki suratga olish uchun kelgan kiyimlarida qoladi: kofta, yubka va shippakda.
Devid Tennant, “Doktor Kim” filmi
Devid Tennantning o‘zi qahramoni uchun poyabzal tanlaydi: yurishga qulay qaymoqrang krossovka. U bir paytlar omma oldiga kostyum va krossovkada chiqqan oshpaz Jeymi Oliverdan ilhomlangan. Kostyum dizaynerlariga bu fikr yoqmaydi va ular aktyorga chiroyli tuflilar taklif qilishadi, lekin u rozi bo‘lmaydi. Natijada muxlislar Devidning imijiga oshiq bo‘lishadi.
Helena Bonem Karter, “Garri Potter” filmlari seriyasi
Helena Bonem Karter qahramoni Bellatrisa Lestrenj obrazini yaratishda faol ishtirok etadi. Karter dastlab o‘zi uchun rejalashtirilgan “qopdek” kiyimini kiyishni xohlamaydi. Aktrisa bu personaj ilgari jozibali bo‘lgan, ammo qamoqda o‘tkazgan yillar unga ta'sir qilgan deb hisoblaydi. Helena tomonidan kiritilgan ushbu o‘zgarishlar bilan Bellatrisaning libosi qahramonning taqdirini o‘zida aks ettirdi.
Anna Kendrik, “Mukammal ovoz-3” filmi
Film ijodkorlari Anna Kendrikning qahramoni tor va ochiqroq liboslar kiyishini xohlashadi. Ammo Kendrik bunday kiyimlardan bosh tortadi. Uning fikricha, tomoshabinlarni aktrisalarning tashqi ko‘rinishi unchalik qiziqtirmaydi. Ular turli qizlar haqida hikoya qiladigan filmni ko‘rish uchun kinoteatrlarga borishadi.
Alan Rikman, “Garri Potter” filmlari seriyasi
Garri Potter filmlarida Severus Sneyp rolini o‘ynagan Alan Rikman o‘z qahramoni uchun kiyim tanlashda shaxsan ishtirok etgan. Ko‘proq tugmalar va tor yenglarni qo‘shishni taklif qilgan Rikman edi. Aktyor qahramon obrazini to‘ldirish uchun kiyim ham muhim element deb hisoblaydi.
Keyt Uinslet, “Ammonit” filmi
Ushbu filmda Keyt Uinslet 19-asrda yashagan paleontolog Meri Enn rolini o‘ynaydi. Rol uchun Keyt o‘sha davrga mos kiyinishi kerak edi, ammo aktrisa korsetdan bosh tortadi. Uning fikricha, Meri bunday kiyimda ishini bemalol qila olmasdi. Kostyum dizaynerlari Uinsletning g‘oyasini qabul qilishadi.
Zendaya, “Eforiya” filmi
Zendaya Ru Bennet xarakterini shakllantirishda qahramonning garderobiga o‘zi ko‘p kiyadigan toplarni qo‘shishni taklif qiladi. Kostyum dizayneri bu g‘oya ma’qul kelib, ko‘plab toplar sotib oladi va ularni turli ranglarga bo‘yaydi.
Timoti Shalame, “Kichik ayollar” filmi
Ushbu filmdagi liboslar bo‘yicha dizaynerlar Timoti Shalamening didiga shunchalik qoyil qolishganki, qahramoni uchun obrazlarni yaratishni aktyorga ishonib topshirishga qaror qilishadi. Unga ranglarni xohlagancha aralashtirib, kombinatsiya qilishi mumkinligini aytishadi.
Tasodifiy xabarlar
Qora kanareyka yangi jangari film rasmiy treyleri
Aktyor Bryus Uillis bedavo darda chalingan
"Sumerki" franshizasi davom etadi endi serial suratga olinadi
1929-2022 yillarda "Oskar" mukofotini olgan aktyorlar.
Reptiliya yangi Netflix filmidan rasmiy treyler
"Yashirin bosqin" seriali rasmiy treyler (Video)