“Venom” komikslarini filmga moslashtirish bo‘yicha rejissyor Ruben Fleysher o‘zining navbatdagi franshizasini topdi. Lionsgate studiyasi tashabbuskor illyuzionistlar haqidagi mashhur serialni davom ettiradigan “Ustasi faranglar-3” filmining ishlab chiqarishiga rejissyorlik qilishini tasdiqladi .
“Ruben qahramonlarga qaratilgan blokbasterlar yaratishda oʻziga xos isteʼdodi borligini qayta-qayta isbotladi”,- deydi Lionsgate prezidenti Natan Kahane.
2013-yilda premyerasi bo‘lgan ilk film rejissyori Lui Leteryer bo‘lgan bo‘lsa, 2016-yilgi “Ustasi faranglar-2” filmiga Jon M. Chu rejissyor bo‘lgan. Studiya maʼlumotlariga koʻra, uchinchi filmda nafaqat “Toʻrt otliq” nomi bilan mashhur illyuzionistlar ishtirok etadi, balki tomoshabinlarni yangi avlod qahramonlari bilan tanishtiradi. Filmning aktyorlar tarkibiga Isla Fisher, Deyv Franko, Mark Ruffalo, Vudi Xarrelson, Jessi Eyzenberg kiritilgan. Ularga Benedikt Kamberbetch qo‘shilishi ham mumkin. Kartinaning taqdimot sanasi hali ma’lum emas.


Tasodifiy xabarlar
"Loki" seriali 2 mavsumi fasli uchun yangi rasmiy tizer
"Hammasi Hamma Joyda va Birdaniga" filmi ajoyib natijalarni o'rnatmoqda
"Fuqarolar urushi" yangi jangari film rasmiy treyleri
“Kalmar o'yini" dagi aktyor jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi
Juda ham o'zgarib ketgan aktyor va aktrisalar (Video)
Sentabr oyida premyera qilinadigan eng mashhur film va seriallar