"O'rgimchak Odam: Yangi kun" filmi tarix yozmoqda

"O'rgimchak Odam: Yangi kun" filmi tarix yozmoqda

Tom Holland ishtirokidagi «O'rgimchak Odam: Yangi kun» prokatda haqiqiy fenomenni namoyish etmoqda.

AQShdagi oltinchi hafta oxiri, jumladan Labor Day bayrami kunlari yakunlariga ko‘ra, filmning jahon prokati $2,4 milliarddan oshdi. Shu natija bilan u kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlar uchligidan joy oldi.


1) Avatar — $2,92 mlrd

2) Qasoskorlar: intiho — $2,79 mlrd

3) O'rgimchak Odam: Yangi kun — $2,4 mlrd+


Eng hayratlanarlisi — film AQSh prokatida 6 hafta ketma-ket 1-o‘rinni egallab kelmoqda. Shu davrda u mamlakat ichida qariyb $923 million ishlab topdi

«O'rgimchak Odam: Yangi kun» — Tom Holland bosh rolni ijro etgan to‘rtinchi yakkaxon Spider-Man filmi. Rejissyorlik kursisida esa avvalgi trilogiyani suratga olgan Jon Uotts o‘rniga Destin Daniel Cretton («Shang-Chi») o‘tirgan.



Filmda Piter Parker butunlay yangi bosqichga kiradi: yaqinlari uni unutgan, u esa yolg‘iz holda jinoyatchilikka qarshi kurashga o‘zini bag‘ishlaydi. Ammo Peterning o‘zi ham kutmagan muammo yuzaga keladi — uning superqobiliyatlari g‘alati tarzda o‘zgarishni boshlaydi.

«Uyga yo'l yo'q»dan keyingi bu yangi bob Spider-Man tarixidagi eng katta loyihalardan biriga aylanmoqda.

$2,4 milliard — bu shunchaki prokat natijasi emas. Bu Spider-Man hali ham dunyodagi eng kuchli kino qahramonlaridan biri ekanining isboti.


×
KINOCHI.NET