"Kalmar o'yini" 2 mavsumi haqidagi yangiliklar

Janubiy Koreya kinoijodkorlari va Netflix hamkorligida suratga olingan “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sakkiz nafar yangi aktyor ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni nashri.

Aktyorlar tarkibiga Pak Gyu Yon (“Jonajon uyim”), qo‘shiqchi Cho Yu Ri, Kan E Sim (“Xushchaqchaq bo‘l”, “Osmonga yo‘l”), Li Devid (“Qutqar meni”), Li Jin Uk (“Jonajon uyim”), Chhve Sin Hen (“Gullar jangi”, “Bitiruvchi”), Ro Chje Von (“Yo‘qolgan pichoq ustasi”, “Birxil”) va Von Ji An (“Tilagingizni tilang”) qo‘shilgan.

 

Avvalroq Netflix loyihaning ikkinchi mavsumida Yim Si Van (“Muvaffaqiyatsiz hayot”), Kan Xa Nil (“Kameliyalar gullaganda”), Pak Son Xun (“Psixopat kundaligi”) va Yan Don Gin (“Hammasi o‘z qo‘lingda”) ishtirok etishini e’lon qilgan edi.

Birinchi mavsumda bosh qahramon Song Ki Xun rolini o‘ynagan Li Jong Je va politsiya zobiti Jun Ho rolini ijro etgan Vi Ha Jun o‘z rollariga qaytadi. Shuningdek, tomoshabinlar Li Ben Hun (o‘yin boshlovchisi Hvan In Ho va Jun Honing akasi) va Go Yuni (yollanma xizmatkor rolini ijro etgan) qayta ko‘rishadi.

  

Loyiha asoschisi Xvan Don Xyok esa yangi mavsumning ssenariy muallifi, rejissori va ijrochi prodyuseri bo‘ladi.

“Kalmar o‘yini” seriali 2021-yilning sentabr oyida tomoshabinlarga taqdim etildi va Netflix tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan serialga aylandi, loyiga birinchi oyda jami 1,65 milliard soat tomosha qilindi.

Netflix serialning ikkinchi mavsumi ustida qachon ish boshlanishidan tashqari, hali chiqish sanasini ham e’lon qilinmagan. Hozirda kompaniya “Kalmar o‘yini” asosida reality-shouni suratga olmoqda, unda 456 nafar ishtirokchi 4,56 million dollar uchun kurash olib boradi.

Теглар:
×