Rejissyor Kventin Tarantino o‘tgan yilning kuzida iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Podkastlarning birida uning navbatdagi yangi filmi oxirgisi bo‘lishini aytdi. Tarantino buni shon-shuhrat cho‘qqisida ketmoqchi ekanligi bilan izohladi.
Ushbu film “Kino tanqidchisi” deb ataladi. Bosh qahramon ayol bo‘ladi. Ehtimol, film tarixdagi asosiy kinotanqidchilardan biri hisoblangan amerikalik jurnalist Paulin Keylga bag‘ishlanadi.
Matbuotda yozilishicha, rejissyor hali hech qaysi studiya bilan suratga olish bo‘yicha shartnoma tuzmagan. Ehtimol, Tarantino Sony bilan hamkorlik qiladi, chunki u kompaniya rahbari Tom Rotman bilan yaxshi muloqot qiladi.

Tasodifiy xabarlar
Wednesday 2 mavsumi fasli Uenzdey 2 fasli rasmiy treyleri
Arkeyn 2 mavsumi Arcane, Arkane serialidan yangi rasmiy treyler
Arra 10 (Saw) filmi o'zbek tilida rasmiy treyler
Godzilla: Minus bir filmi oq qora versiyasi uchun treyler
"So'ngi qirollik" serialini yakunlovchi film treyleri
"Sevgi va O'lim" seriali rasmiy treyleri