Loyiha haqida birinchi marta shu yozda maʼlum boʻldi. Bu Reynolds va Levi uchun toʻrtinchi qoʻshma loyiha boʻladi.
“Dedpul va Rosomaxa” yulduzi Rayan Reynolds Marvel kino olamiga aloqador boʻlmagan tayyorlanayotgan film haqidagi xabarni tasdiqladi. Aktyor Xyu Jekman bilan birga filmda rol oʻynaydi.

“Butun yilni ssenariy yozishga sarfladim. Bu bizning Xyu va Shon bilan loyihamiz va u Marvel uchun emas”, — dedi Reynolds Variety podkastida.
Syujet tafsilotlari nomaʼlum. Loyiha haqida birinchi marta shu yozda maʼlum boʻldi. Reynolds va Levi uchun bu “Bosh qahramon”, “Adam” loyihasi va “Dedpul va Rosomaxa”dan keyingi toʻrtinchi qoʻshma loyiha boʻladi.
Tasodifiy xabarlar
Sonik 3 O'zbek tilida treyler tahlili
"Oskar" ga loyiq ko'rilmagan eng mashhur yulduzlar
Pingvin spinn-off serialidan yangi rasmiy treyler
O'rgimchak odam 4 Yangi kun filmi O'zbek tilida eng so'ngi yangiliklar
"Indiana Jons 5" filmi suratga olish ishlari jarayonidan video rolik
"Oskar–2026” mukofoti nomzodlari e’lon qilindi