Kassada millionlab va milliardlab pul yig‘gan filmlar ham tanqidchilar va kinoakademiklarga har doim ham yoqavermaydi. Ammo ba’zida istisnolar mavjud — shunday filmlar haqida ma’lumot beramiz.
1) Muqaddima (2010)
Agar hayotingizda hech bo‘lmaganda bir marta hayratlanarli darajada yorqin, fantastik tushlarni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu film siz uchun. U sizga tushingizda dam olishingiz mumkinligini isbotlaydi. Tushunarli tushlar va tush ko‘radiganlar haqida hikoya qiluvchi film ustida ishlash uchun rejissor Kristofer Nolan qariyb 10 yil sarfladi. Rejissor ssenariy ustida ishlashni bir necha oy ichida yakunlashni rejalashtirgandi, biroq bu ko‘proq vaqt talab qildi.
Nolan dastlab bunday hikoyani filmga moslashtirish, bunday murakkab suratga olish, maxsus effektlar, aktyorlar, montaj qilish kam budjetli bo‘lishi mumkin emasligini tushundi. Shuning uchun u bu loyihani o‘zining muvaffaqiyatli “Qora ritsar” filmi nihoyasiga yetgachgina amalga oshirishga jur’at etadi. U avvaldanoq Leonardo Di Kaprioni Kobb roli uchun tasavvur qilgan. Kristofer Nolan 2015-yilda Prinston universiteti talabalari bilan gaplashganida uning filmlarini tushunishga o‘rgatuvchi asosiy iborani aytadi: “Odatda bunday uchrashuvlarda bitiruvchilarga maslahat beriladi: orzuyingga intil, orzu qilishdan to‘xtama. Men sizga bunday demayman, chunki men bunga ishonmayman. Haqiqatingizga ergashing. Biz uni fantaziyamizning kambag‘al qarindoshi deb hisoblashga odatlanganmiz. Ammo men uchun tushlar va xayollar haqiqiy dunyoning kichik qismlari bo‘lib, u ancha boyroqdir”
2) Yomg'ir odam (1988)
Ushbu ajoyib hikoyaning qahramoni haqiqiy prototipga ega: Amerikalik Kim Pik. Tug‘ilgandan so‘ng Kimga autizm tashxisi qo‘yiladi, keyinchalik u savant sindromiga aylanadi. Bolaligidan u ajoyib aqliy qobiliyatlarni namoyon etadi: 16 oyligida u o‘qiydi, 7 yoshida Muqaddas Kitobni yoddan biladi, 14 yoshida maktab o‘quv dasturini o‘zlashtiradi. Ammo unga maktab ma’lumoti to‘g‘risidagi guvohnoma faqat 34 yoshida berilgan. 1984-yilda Pik Ruhiy kasalliklarga chalingan odamlar uyushmasining milliy konferensiyasida qatnashadi, u yerda yozuvchi Berri Morrou uni ko‘rib qoladi. Kimning qobiliyatlari Berrini hayratda qoldiradi. Bir oydan ko‘proq vaqt ichida u afsonaviy film ssenariysini yaratdi.
1988-yilda rejissor Berri Levinson tomonidan suratga olingan “Yomg‘ir odam” filmi to‘rtta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritadi. Berri Morrou “Oskar”ini Kim Pikka topshiradi. Raymondning prototipi bu bilan faxrlanardi va ko‘pincha haykalchani o‘zi bilan olib yurardi.
3) Qo'zichoqlar sukunati (1991)
Amerikalik yozuvchi Tomas Xarrisning shu nomli romani asosida suratga olingan film yozuvchiga shon-shuhrat keltiradi. “Qo‘zilar sukunati” filmi yaratilgunga qadar Jonatan Demning rejissorligi ham ko‘pchilikka ma’lum emasdi.
Aslida ssenariyga ko‘ra Judi Foster Gannibal Lekter obraziga kirgan Entoni Xopkinsdan bunchalik qo‘rqmasligi kerak edi. Ammo aktyor roli uchun ko‘z yummaydigan sudraluvchining qiyofasiga taqlid qilib, ruhiy kasal odamning qiyofasiga kiradi. Umuman olganda, kartina 20-asrning mashhur va eng ko‘p daromad keltirgan filmlaridan biriga aylandi.
Hikoyada psixiatrik bemor Gannibal Lekter FQBga o‘zi o‘ldirgan ayollarning terisini shilib olish odati bo‘lgan manyak tomonidan sodir etilgan bir qator qotilliklarni tergov qilishda yordam beradi. Film shu qadar o‘ziga xoski, uni ma’lum bir janrga bog‘lab bo‘lmaydi: u psixologik triller, drama va dahshatli filmlar chorrahasida turadi. Bu kino tarixidagi 5 ta “Oskar”ni qo‘lga kiritgan uchinchi va hozircha oxirgi filmdir.
4) “Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi” (2003)
Ta’kidlash joizki, filmni yaratish uchun ssenariy mualliflari ingliz adabiyotining ajoyib namunasini ma’lum bir ekran vaqtiga to‘g‘ri keladigan ssenariy o‘lchamiga qisqartirib, qattiq mehnat qilishlari kerak edi.
Yaxshilik va yovuzlik jangi, xobbitlar, elflar, orklar, qirollar va malikalar — bu ajoyib aktyorlar va maxsus effektlar bilan filmda fantastika ixlosmandlari uchun hamma narsa edi. Film “Oskar” mukofotlari soni bo‘yicha yana bir rekordchiga aylanadi (11 ta haykalcha) va tarixda “Titanik”dan keyin kassada 1,1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan ikkinchi film bo‘ladi. 2017-yilda film AQSH Milliy kino reyestrida saqlash uchun tanlangan.
5) “Matritsa”, (1999)
Opa-singil Vachovskilar tomonidan 1999-yilda suratga olingan afsonaviy film tom ma’noda tomoshabinni hayratda qoldirdi. Kartina g‘oyasida asosiy narsa, hatto insoniyatga qarshi uyushtirilgan mashinalarning fitnasi emas, balki hamma odamlar uzoq vaqt davomida umidsiz uxlab, o‘z qullari uchun o‘ziga xos batareya bo‘lib qolishgan.
Kartina faylasuflar, psixologlar orasida katta rezonansga sabab bo‘ladi, ko‘plab maqolalar “Matritsa”ga xos bo‘lgan ma’nolarni muhokama qilishga bag‘ishlangan. Rejissorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, filmni suratga olish uchun 80 million dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lgan, bu o‘sha davr uchun juda katta pul edi. Budjetni kamaytirish uchun Vachovskilar suratga olishni AQSHdan Avstraliyaga ko‘chirishni taklif qilishadi, u yerda ijara narxi ancha arzon bo‘lib, summani 60 million dollarga qisqartirishadi. Ammo mualliflarga bor-yo‘g‘i 10 million dollar ajratilgan, bu pullarning barchasi filmning dastlabki sakkiz daqiqasini yaratishga sarflangan. Natija studiyani shu qadar hayratda qoldiradiki, prodyuserlar darhol loyiha uchun kerakli mablag‘ni berishadi.
Kianu Rivz nima uchun sayyoradagi eng mashhur aktyorlardan biriga aylanganini tushunish uchun ushbu filmni tomosha qilish kerak. Trilogiyadagi birinchi film uchun “Matritsa” 4 ta “Oskar”ni qo‘lga kiritadi.
6) “Shindler ro‘yxati”, (1993)
Nemis tadbirkori Oskar Shindler Xolokost paytida minglab polshalik yahudiylarni o‘limdan qanday qutqargani haqidagi film hikoyasi tomoshabin uchun haqiqiy sinovdir. Lekin hech bo‘lmaganda millatchilik va aqidaparastlik nimaga olib kelishini eslash uchun filmni ko‘rish kerak.
Filmni yaratishga Shindler tomonidan qutqarilgan yahudiylardan biri Poldek Pfefferberg turtki bo‘lgan. Butun dunyoga uning qutqaruvchisi haqida gapirish istagi Poldek uchun qat’iy g‘oyaga aylanadi.
1982-yilda Pfefferberg bilan ishlagan yozuvchi va ssenariy muallifi Tomas Kenali “Shindler kemasi” romanini chiqaradi. Kitobni ko‘rib chiqqan rejissor Stiven Spilberg sujetga qiziqib qoladi, shundan so‘ng Universal Studios romanga film ishlash huquqini qo‘lga kiritadi. Ammo kartinani suratga olish faqat 10 yildan keyin boshlanadi. Film shiori Talmuddan kelgan iqtibos bo‘lgan: “Kimki bitta hayotni saqlab qolsa, butun dunyoni qutqargan bo‘ladi”.
7) “Ruh”, (1990)
Rejissori Jerri Suker bo‘lgan lirik, mistik va doimiy tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan “Ruh” filmi 1990-yilda chiqarilgan. Tomoshabinlarni bosh qahramonlar Sem va Mollini o‘ynagan Patrik Sueyzi va Demi Mur dueti hayratga soladi.
Biroq filmga buning uchun “Oskar” berilmagan. Mukofot uchun beshta nominatsiya orasidan “Ruh” kartinasi Vupi Goldberg tomonidan ajoyib ijro etilgan eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa va eng yaxshi original ssenariy uchun “Oskar”ga sazovor bo‘ladi. “Ruh” filmi 1990-yilning eng ko‘p daromad keltirgan filmi bo‘lib, Amerikada 217 million dollar, boshqa mamlakatlarda esa 290 million dollar to‘plagan.
8) “Kakku uyasi uzra parvoz” (1975)
Chikago kinofestivalida Ken Kesining shu nomli romani asosida rejissor Milosh Forman tomonidan suratga olingan “Kakku uyasi uzra parvoz” dramasi premyerasi bo‘ladi. Hozirgacha muxlislar qaysi biri yaxshiroq: filmmi yoki kitobmi, mavzusida bahslashadi. Balki aynan shu kuchli tandem, shuningdek, Jek Nikolson, Luiza Fletcher, Uill Sempson va boshqa aktyorlar ijrosi filmning jahon kinosi tarixidagi eng nufuzli beshta nominatsiyada “Oskar”ni qo‘lga kiritgan ikkinchi filmga aylanishiga imkon bergandir. U eng yaxshi film, eng yaxshi rejissor, eng yaxshi ssenariy, eng yaxshi aktyor va eng yaxshi aktrisa uchun haykalchalarni qo‘lga kiritgan. Avval faqat 1934-yilda suratga olingan “Bir kechada sodir bo‘lgan” filmi bunday g‘alabaga erishgandi.
Ken Kesi romanining kino ishlab chiqarish huquqi egasi Kirk Duglas uzoq vaqt davomida kinokompaniyalarning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lolmaydi. Kirk film huquqlarini sotmoqchi bo‘lganida, uning o‘g‘li Maykl huquqlarni so‘rab oladi. U loyihaga qiziqqan mustaqil ishlab chiqarish kompaniyasi vakilini topadi. Kartina voqealari sodir bo‘lgan muhit ishonarli chiqishi uchun drama Oregon shtati kasalxonasining ruhiy kasallar bo‘limida suratga olingan. Film AQSH prokatida 100 million dollardan ortiq daromad keltiradi. Tanqidchilar “Kakku uyasi uzra parvoz” filmini “70-yillardagi Amerika kinosining yangi to‘lqini” sifatida tan oladi.
Tasodifiy xabarlar
"Chuqur" serialini suratga olishdagi o'xshamagan kadrlar
"Marvel" va "DC" kino olamidagi 5 eng kuchli qurollar.
"Ultraman rising" animatsion filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
"Qora Pantera " Qora Adam"ni ortda qoldirdi!
Bahodir Jalolov haqidagi "Yengilmas" filmining treyleri e'lon qilindi
"Kapitan Amerika 4" filmidan ilk rasmiy treylerni tomosha qiling