Kris Xemsvort (Tor) da genetik kasallik bor deb xabar beriladi. Aktyorda Altsgeymer kasalligiga chalinish xavfi yuqori. Yaqin kelajakda Kris aktyorlikdan biroz uzoqlashishni rejalashtirmoqda.
Shuning uchun boʻlsa kerak, aktyor yaqinda uning Tor rolidagi keyingi chiqishi uning uchun oxirgisi boʻlishi mumkinligini aytgan edi.
Vanity Fair ma’lumotlariga ko'ra, Xemsvortning DNKsida Altsgeymer kasalligini rivojlanish xavfi bilan bog‘liq bo'lgan APOE4 genining ikkita nusxasi mavjud. Yaqinda aktyorning bobosiga ham xuddi shunday tashxis qo‘yilgan edi. Krisning kasallikka chalinish ehtimoli sakkizdan o'n baravar oshdi.
“Men nafaqaga chiqmayman. Bu meni ozgina dam olishga undadi. Men uyga ketyapman, u yerda bo‘sh vaqtim ko‘p bo‘ladi, men hamma narsani soddalashtiraman. Farzandlarim va xotinim bilan vaqt o‘tkazaman, - deydi chaqmoq mabudi Tor!
Ma’lumot:
«Altsgeymer kasalligi» (Altsgeymer tipidagi demans) — bu markaziy asab tizimining degenerativ kasalligi boʻlib, aqliy qobiliyatini bosqichma-bosqich yoʻqotish bilan tavsiflanadi. Kasallik xotira, nutq, mantiqiy fikrlashga ta’sir qiladi.


Tasodifiy xabarlar
"Top Gan: Meverik" filmidan yana bir ajoyib natija!
Yigitlar seriali 4 mavsumi fasli The boys 4 mavsumi yangiliklari
Monarx: Maxluqlar merosi serialidan yangi rasmiy treyler
"Moana 2" animatsion filmidan yangi rasmiy tizer
"Godzilla va Kong 2: Yangi imperiya filmi O'zbek tilida namoyish qilinadimi?
2024 yilda namoyish qilinadigan eng mashhur top premyeralar