20th Century Studios mashhur "Qattiqqo'l xonim 2" ("The Devil Wears Prada") filmining ikkinchi qismiga bag'ishlangan ilk tizerini taqdim etdi. Komediya- dramaning davomi 2006-yilda suratga olingan film premyerasidan salkam 20 yil o'tib, 2026-yil 1-may kuni jahon kinoteatrlarida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Yangi tizerda tomoshabinlar yana moda olamining qattiqqo'l muharriri Miranda Pristli bilan uchrashadi. Meril Strip yana bir bor o'zining afsonaviy obrazini jonlantirgan: u moda jurnalining shafqatsiz, mukammallikka intiluvchi, ammo har doim nazokat bilan harakat qiluvchi bosh muharrir bo'ladi, endilikda u raqamli inqilob davrida o'z nashrining mavqyeini saqlab qolishga urinadi. Tizerning katta qismi aynan Mirandaga bag'ishlangan

Shuningdek, filmda Stenli Tuchchi (moda dizayneri Nayjel), Treysi Toms va Tibor Feldman ham o'z rollariga qaytadi. Ularning safiga yangi yulduzlar - Lyusi Lyu, BJ Novak, Jastin Teru, Polin Shalame va xonanda Ledi Gaga ham qo'shilgan. Ledi Gaga filmda moda sanoatining yangi avlod vakillaridan biri sifatida namoyon bo'lishi kutilmoqda. Ba'zi manbalarga ko'ra, u raqamli moda platformasining asoschisi rolini ijro etadi.
Film rejissyori yana Devid Frenkel bo'lib, u 2006-yildagi birinchi filmni ham suratga olgan edi. Loyiha 2026-yil 1-may kuni jahon prokatiga chiqariladi.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Freddynikida 5 tun" qo'rqinchili filmidan yangi rasmiy treyler
"Tom Kruz " Koinotga chiqqan birinchi aktyor bo'ladimi?
Dedpul va Rosamaxa filmi kadr orti jarayonlari (Video)
Formula 1 filmidan birinchi rasmiy treylerni tomosha qiling
Ajal O'yini 3 mavsumi,fasli Alisa chegara ortida 3 mavsumi yangi rasmiy treyler
Minecraft filmidan yangi rasmiy treyler