Bolaligimizda ko‘pchiligimiz Disney kanalidagi turli seriallarni tomosha qilganmiz. Disney kompaniyasi ko‘plab aktyorlarning dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishiga, katta mablag‘ ishlab topishiga sabab bo‘ldi. Shu kabi mashhurlardan biri Selena Gomes edi. Biroq u telekanalning eng boy insonlari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Peopletalk nashri dunyodagi eng boy Disney telekanali yulduzi nomini e’lon qildi.
Just Jared nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mayli Sayrus mashhur telekanalning eng boy sobiq yulduzi hisoblanadi. Uning boyligi 160 million dollarga baholangan. Keyinchalik xonanda 2006-yilda chiqarilgan “Xanna Montana” teleserialidagi bosh qahramon sifatida mashhur bo‘ldi.
Selena Gomesning budjeti atigi 75 million dollarga baholangan. U “Veyverli Pleys sehrgarlari” teleserialidagi bosh roli tufayli mashhurlikka erishdi. Demi Lovato, Adam Lamberg, Ali Mixalka, Emili Osment kabi mashhurlar Disney’ning eng boy yulduzlari ro‘yxatiga kiritilgan.


Tasodifiy xabarlar
"G'arbiy front o'zgarishsiz" filmi haqida ma'lumotlar(Video)
Marvel aktyorlari qanday qahramon bo'lishadi?
Karib dengizi qaroqchilari hozirda qanday ko'rinishda? (Video)
Dedpul va Rosamaxa filmi O'zbek tilida yangi tizer-treyler
Kungfu panda 4 multfilimidan yangi video parcha
"Garri Potter" filmi yulduzi qiziga "Wednesday" deb ism qo'ydi