Pixar animatsion studiyasi 2024-yilning ikkinchi yarmida xodimlarni 20 foizga qisqartiradi.
Umumiy hisobda, kompaniyada ming kishidan kamroq xodim ishlaydi. Rahbariyat xodimlarni qisqartirish haqida avvalroq o‘ylagan, biroq qolgan loyihalar bo‘yicha ishni tugatishga qaror qilgan. Disney o‘tgan yili xarajatlarni tejash uchun sakkiz ming xodimini ishdan bo‘shatgan edi.
Pixar logotipi ostida chiqarilgan so‘nggi film tabiiy ofatlar haqidagi “Elementar” multfilmi bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab prokatda 500 million dollar daromad olib kelgan.
Kompaniya 2024-yilda “Boshqotirma” multfilmining davomini, 2025 yilda esa “Elio” filmini chiqarishni rejalashtirgan. 2026-yilda ham yana ikkita loyiha rejalashtirilgan.


Tasodifiy xabarlar
“Kung-fu panda” franshizasi katta miqdordagi foyda keltirdi
"Isyonkor Oy ikkinchiq qism: Chandiq filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Burama Metal seriali 2 - mavsumi O'zbek tilida birinchi rasmiy treyler
Yigitlar seriali 5 - mavsumi,fasli qaynoq rasmiy treylerini tomosha qiling
«Dyunа 3» trilogiyaning eng qisqa filmi bo‘ladi
"Kungfu panda 4" animatsion filmi barcha treylerlari (Video)