"28 yildan so'ng: Suyak ibodatxonasi - afsonaviy 28 kundan so'ng va 28 haftadan so'ng filmlarining davomchisi boʻlib, yangi trilogiyaning ikkinchi qismi hisoblanadi. Film voqealari "Rage" virusi butun dunyoni vayron qilganidan 28 yil o'tib sodir boʻladi.
Bu qismda insoniyat endi nafaqat infeksiya, balki o'z qo'rquvi va vahshiyligi bilan ham kurashishga majbur. Omon qolganlar kichik guruhlarga boʻlinib, xarobalar orasida yashaydi. "Bone Temple" ("Suyaklar ibodatxonasi") esa film markazidagi eng sirli joy boʻlib, u yerda yangi e'tiqod, qo'rqinchli marosimlar va yashirin haqiqatlar jamlangan.

Film ssenariysi avvalgidek Alex Garland tomonidan yozilgan, loyiha ustidan esa Danny Boyle prodyuser sifatida ishlagan. Ikkinchi filmga rejissyorlikni Nia DaCosta amalga oshirgan. ljodiy jamoa avvalgi qismlardagi sovuq atmosfera va psixologik bosimni saqlab qolishga intilgan.
Ushbu film oddiy dahshat janri emas - bu yemirilgan jamiyat, e'tiqod va insoniylik haqida og'ir va chuqur hikoya. Vizual jihatdan film zulmatli, sokin va tushkun kayfıyatga boy boʻlib, tomoshabinni doimiy xavotir ichida ushlab turadi.
Filmning rasmiy chiqish sanasi 2026 - yil 16 - yanvar sanasida.
Quyida filmdan qaynoq rasmiy treylerni tomosha qiling.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"One piece" seriali 2 - mavsumi qachon? Van pis eng zo'r anime serialmi?
"Lift" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler Netflixdan yangi film
"Oppengeymer" filmi qanday suratga olingan? (Video)
"YIGIT SO'ZI" “Слово пацана” filmining o‘zbekcha versiyasi yaratiladimi?
Tom Kruz film suratga olinish jarayonida muammoga duch keldi
"Arcane" 2 mavsumi haqidagi malumotlar