Aktyor O‘zbek-Belarus qo‘shma kinoloyihasida bosh ro'lni ijro etishi malum bo'ldi.
Listopad kinofestivali doirasida o‘zbek-belarus qo‘shma loyihasida taniqli kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov “Kazbek” filmidagi bosh rolga tasdiqlandi.
Minskda bo‘lib o‘tayotgan “Listapad” kinofestivalida kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov bilan “Kazbek” o‘zbek-belarus filmida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Filmda Mamadali Topivoldiyev-Kazbek obrazini Ulug‘bek Qodirov ijro yetadi.
Uch tomonlama shartnomani “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilov, aktyor Ulug‘bek Qodirov hamda “Belarusfilm” kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy imzoladi.
Kartinani suratga olish ishlari shu yilning dekabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Film rejissyori Muhamad Ali Iskandarov.
Kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov o‘zining ushbu loyihadagi ishtiroki haqida shunday deydi:
– “Filmda bosh rolni – Vatanimiz qahramoni,jasur inson Mamadali Topivoldiyev rolini o‘ynayotganimdan nihoyatda faxrlanaman. Bu men uchun katta sharaf va mas’uliyatdir. Ushbu rol mening II jahon urushi haqia olinayotgan filmdagi ilk ishtirokim, birinchi tajribam. Biroz hayajondaman. Rolga tayyorgarlikni allaqachon boshlaganman.”
Aktyorning aytishicha, u muntazam ravishda sport zaliga tashrif buyurib, jiddiy shug‘ullanmoqda. Chunki millat qahramoni qiyofasini ishonchli yaratish u uchun juda muhim.
“Listopad” kinofestivalda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi va “Kazbek” filmi ijodiy jamoasi suratga olish rejalashtirilgan joylarda bo‘ldi. Film qahramonlari uchun kerakli kostyumlar tanlash ham amalga oshirildi.


Tasodifiy xabarlar
"Wednesday" seriali aktyorlari hayotda qanday(Video)
Yigitlar seriali 4 fasl, mavsumidan yangi rasmiy treyler
“Kalmar o‘yini ” seriali 2024-yilda dunyo bo‘ylab eng ko‘p ko‘rilgan serialga aylandi
Elektr shtati filmining yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
Afsonaviy Jeki Chan haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar
UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi