Gollivud filmlarining namoyishi toʻxtatilishi tufayli Rossiyaning eng yirik kino tarmoqlari 2022-yilda milliardlab dollar zarar koʻrdi va ularning daromadi oʻtgan yilga nisbatan qariyb ikki baravar kamaydi. Bu haqda RBC xabar bergan.
Manbaning maʼlum qilishicha, Moskvadagi 65 ta kinoteatrni boshqaradigan “Formula Kino” va “Cinema Park” birlashgan kino tarmogʻining daromadi 2022-yilda 43,2 foizga kamayib, 4,6 milliard rublni tashkil qilgan. Oʻtgan yil uchun kino tarmogʻining sof zarari 1,8 milliard rublni tashkil etgan.
“Karo” kinoteatrlar tarmogʻining daromadi 41,8 foizga kamaygan, 2022-yilda 1,3 milliard rubl sof zarar koʻrgan.
“Kinomax” kinoteatrlar tarmogʻining oʻtgan yili daromadi 2 milliard rublni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 46,6 foizga kamaygan. Gʻarb filmlari ketganidan keyin sof yoʻqotish esa 1 mlrd rublga yetgan.
“Cinema Star” kinoteatrlar tarmogʻini boshqaradigan kompaniyaning daromadi 2022-yil uchun 491,5 million rublni tashkil etdi (taqqoslash uchun, tashkilotning daromadi 2021-yilda 880,8 million edi).
Maʼlum qilinishicha, 2023-yil uchun bozor ishtirokchilarining prognozlari optimistik boʻlishiga qaramay, kino sanoati mutasaddilari hali ham hokimiyatdan maqsadli yordam soʻramoqda.


Tasodifiy xabarlar
Platforma 2 filmidan yangi rasmiy tizer-treyler
2024- yilda premyerasi kutilayotgan top Multfilmlar (Video)
"Agarda..?" 3 - mavsumi fasli dan yangi tizerni tomosha qiling
G'alati narsalar 5 mavsumi, fasli suratga olish ishlaridan ajoyib video rolik
"Pingvin" Betmen filmining spinn-off serialidan rasmiy treyler
2023-yilda kutilayotgan eng sara seriallar!