"Avatar ” filmining rejissyori Jeyms Kemeron allaqachon studiya rahbarlariga seriyadagi to‘rtinchi filmning ssenariysini taqdim etgan va uning fikricha, kontseptsiya hayratlanarli bo‘lgan.
“Hozircha tafsilotlarni ayta olmayman, shuni ta’kidlashim kerakki, men “Avatar-2” filmi ssenariysini topshirganimda, studiya menga uch sahifali eslatma jo‘natdi. “Avatar-3” filmi ssenariysini topshirganimda, ular menga bir sahifa berishdi . “Avatar-4” filmining ssenariysini topshirganimda esa studiya rahbari menga ikki so‘zdan iborat elektron pochta xabarini jo‘natdi. Unda “Jin ursin! Bu aqldan ozdiradi” deb yozilgan edi”, - deydi Kameron.
Rejissyorning aytishicha, u Piter Jekson va uning “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi ishidan o‘rnak olgan va o‘z aktyorlariga o‘z qahramonlarining hikoyalarini yaxshiroq tushunish uchun ko‘p epizodli ssenariylarga sarmoya kiritishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Jeyms Kemeron “Avatar” turkumidagi to‘rtinchi filmni suratga olish ishlari boshlangani haqidagi ma'lumotlar tarqalgan edi.
Filmning 2 qismi 16 dekabrdan kinoteatrlarda premyera qilina boshlaydi!
Tasodifiy xabarlar
"Bembi" haqida qo'rqinchili film suratga olinadi!
"Qichqiriq 6" Krik filmi premyera sanasi va treyler!
Kosmosda suratga olingan tarixdagi birinchi film(Treyler)
“Avatar: Suv yo‘li” filmi vizual effektlari Marvel filmlarinikidan yaxshiroqmi?
Jonni Dep kinofestivalda muhlislar olqishiga sazovor bo'ldi
Aktrisa Anjelina Joli faxriy mukofot bilan taqdirlanadi