"Shelbilar oilasi" hikoyasi davom ettiriladi
"Shelbilar oilasi " (Peaky Blinders) seriali muallifi Stiven Nayt ushbu g‘angster saganing davom ettirilishini tasdiqladi.
"Bu hali oxiri emas... Men "tugadi" demayman," — dedi Nayt Radio Times nashriga bergan intervyusida.
Biroq, u davom ettirishning aniq formatini ochiqlamadi. Serial 2013-yilda boshlangan va 2021-yilda yakunlangan edi. Ammo 2025-yilda to‘liq metrajli film premyerasi rejalashtirilgan. Filmda Killian Merfi, Barri Keogan, Rebeka Fergyuson, Stiven Grehem va Tim Rot bosh rollarni ijro etishadi.

Bundan avval Nayt serialning bir nechta spinoff loyihalari ustida ishlayotganini ham ma’lum qilgan edi. Eslatib o'tamiz "Shelbilar oilasi" serialini barcha mavsumlarini to'liq O'zbek tilida www.UZMOVI.tv saytida tomosha qilishingiz mumkin.
Tasodifiy xabarlar
"Dahshatli uy" serialidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
Karib dengizi qaroqchilari hozirda qanday ko'rinishda? (Video)
"Lift" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler Netflixdan yangi film
Yovuz 2: Abadiy filmidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
Yura davri dunyosi 4: Qayta tug'ilish filmidan yangi rasmiy treyler
"Yashirin bosqin" seriali o'zbekcha tahlili 2-qism ( Video)