Forbes jurnali “Yovvoyi ayol” va “Qonundagi mallasoch” filmlaridagi roli orqali tanilgan Riz Uizerspunni dunyodagi eng boy aktrisa deb topdi.
Ayni paytda aktrisaning umumiy boyligi 440 million dollarga baholanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u 2021-yilda o‘z kompaniyasining aksiyalarini sotgan. Shuningdek, “Tonggi shou” serialining 10 ta qismi uchun aktrisa 20 million dollar gonorar olgan. 2022-yilda boyligi 270 million dollarga baholangan Dueyn Jonson dunyodagi eng boy aktyor deb topilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Riz Uizerspun 1976-yilning 22-mart sanasida AQSHda tug‘ilgan. U kinodagi faoliyati davomida “Oydagi odam”, “Sumerki”, “Do‘stlar”, “Qonundagi mallasoch” filmlarida suratga tushgan. Aktrisa mart oyining oxirida turmush o‘rtog‘i Jim Tot bilan ajrashdi. Juftlik 2011-yilda turmush qurgan edi. Riz va Jim Tennessi shtatida o‘g‘lini tarbiyalayotgan edi. Aktrisaning aktyor Rayan Filipp bilan turmushidan ikki nafar farzandi ham bor.


Tasodifiy xabarlar
"Yovvoyi robot" animatsion filmidan oxirgi rasmiy treyler
Smurflar filmi ilk rasmiy treylerini tomosha qiling
Yangi jangari film "Qora Latos" film treyleri
Benedikt Kamberbetch yangi rol uchun qiyofasini tubdan o‘zgartirdi
"Transformerlar 7: Yirtqichlar yuksalishi" filmi haqida
"Galaktika Qo'riqchilari : Maxsus bayram" proyektidan video rolik!