“Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining sakkizinchi filmi namoyishi Gollivud aktyorlarining davom etayotgan ish tashlashi tufayli deyarli bir yilga qoldirildi.
Filmining jahon premyerasi avval kutilganidek 2024-yil 28-iyunda emas, 2025-yilning 25-mayida bo‘lib o‘tadi.
SAG-AFTRA aktyorlarining ish tashlashi iyul oyida boshlangan. Ular ko‘proq maosh va royalti, striming xizmatlaridan olinadigan to‘lovlarni oshirish va suratga olishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga cheklovlar qo‘yishni talab qilmoqda. Uyushma va kinostudiyalar o‘rtasidagi muzokaralar seshanba kuni davom etishi kutilmoqda.
Tasvirga olish guruhlari ishidagi uzilishlar boshqa bir qator kutilayotgan filmlar premyeralarining keyinga surilishiga olib keldi. Shunday qilib, “Qasoskorlar: Kang sulolasi” va “Qasoskorlar: Yashirin urushlar” bir yilga qoldirdi. Jeyms Kemeronning uchinchi “Avatar”i 2025-yil dekabrida, rejalashtirilganidan bir yil kechroq chiqadi.


Tasodifiy xabarlar
“Oskar” mukofotiga yana bir nominatsiya qo'shildi
"Elemental" yangi multfilm premyera sanasi va treyler
Kianu Rivz “Jon Uik 4”da bosh qahramon o'limini o'zi hohlaganmi?
"Etik kiygan mushuk 2" multfilm to'liq o'zbekcha tahlili
Forsaj 11 filmi haqidagi yangi ma'lumotlar
Venom 3: So'ngi raqs filmidan oxirgi rasmiy treyler