Amazon "Fallout serialining birinchi mavsum muvaffaqiyatidan so'ng darhol yangi mavsumni tasdiqlagan edi. Endi esa rasmiy ravishda e'lon qilindi: "Fallout" 2 mavsumi premyerasi 2025-yil 17-dekabrda Prime Video'da bo'lib o'tadu. Bu safar barcha qismlar birdan chiqmaydi, balki har hafta chorshanba kuni bitta epizoddan qo'yiladi. Final esa 2026-yil 4-fevral kuni bo'ladi.
Syujet esa yanada qiziqarli yo'nalishga buriladi voqealar bizni New Vegas shahri va Mojave Wasteland hududiga olib kiradi. Bu esa Fallout o'yinlarini yaxshi biladigan muxlislar uchun juda katta sovg'a boʻladi.

Asosiy qahramonlar o'z rollarida davom etishadi:
Lucy MacLean (Ella Purnell)
The Ghoul / Cooper Howard (Walton Goggins)
Maximus (Aaron Moten)
Hank MacLean (Kyle MacLachlan)
Norm MacLean (Moisés Arias)
Bundan tashqari, yangi qahramonlar ham sahnaga chiqadi. Eng katta yangiliklardan biri - Robert House rolida Justin Theroux paydo bo'lishi. Shuningdek, aktyor Macaulay Culkin ham sirli obraz bilan qoʻshilmoqda.
Eng qiziq tomoni, Amazon hatto 3-mavsumni ham oldindan tasdiqlab qoʻygan. Demak, Fallout olamidagi voqealar yanada kengayib boradi.
Quyida esa 2 - mavsumdan yangi rasmiy treylerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"O'rgimchak odam: Yondosh olamlar 2" final treyler
Minecraft filmi O'zbek tilida haqidagi ma'lumotlar
Jeki Chan xavfli tryuklarni mustaqil bajarishni qachon to‘xtatishini aytdi
Galadiator 2 filmidan birinchi rasmiy tizer-treyler
Buyurtma yangi jangari film rasmiy treyleri
Bred Pitt Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida rol ijro etadi