Indiana Jons sarguzashtlari haqidagi filmning beshinchi qismi — “Taqdir charxpalagi” jahon prokatida kutilganidan kamroq mablag‘ to‘pladi. Film namoyish etilganidan so‘ng dam olish kunlarida umumiy 130 million dollar ishlab topdi.
Yig‘ilgan mablag‘ning 60 million dollari Shimoliy Amerikadan, 70 million dollari esa xalqaro hududlardan to‘plangan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlarida maʼlumotlar besh kunlik, dam olish kunlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi. Loyihaning budjeti marketingni hisobga olmagan holda 295 million dollarni tashkil etdi.
“Taqdir charxpalagi” filmida bosh rollarni Xarrison Ford, Fibi Uoller Brij, Mads Mikkelsen va Antonio Banderas ijro etgan. Kartina rejissori Jeyms Mangold. Film 1969-yilda AQSH va SSSR o‘rtasidagi kosmik poyga haqidagi voqealarni o‘z ichiga oladi.


Tasodifiy xabarlar
Minecraft filmi O'zbekcha treyler tahlili
"Tosh Yurak" filmidan ilk rasmiy treyler (Video)
"Moviy ko'zli samuray" animatsion serialidan yangi rasmiy treyler
G'alati narsalar 5 mavsumi faslidan katta hajmdagi video parcha namoyish qilindi
Kungfu panda 4 multfilimi O'zbek tilida treyler tahlili (Video)
2024 yilda namoyish qilinadigan eng mashhur top premyeralar