Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmida fizik Robert Oppengeymer rolini o‘ynagan Killian Myorfi suratga olish jarayonlaridan oldin va suratga olish chog‘ida ozdiruvchi parhez tutgan. Bu haqda aktyorning o‘zi va olim Kittining rafiqasi rolini ijro etgan aktrisa Emili Blant ma’lum qildi.
“Killianning vazifasi juda katta edi. Unga faqat kun bo‘yi bodomga o‘xshash narsalarni yeyish mumkin edi, shundan keyin hamkasbim juda ozib ketdi”, — deydi Blant.
Myorfi The New York Times gazetasiga bergan intervyusida o‘zini juda ozg‘in va juda oz ovqat iste’mol qilgan “atom bombasining otasi”ga iloji boricha ko‘proq o‘xshashga harakat qilgani uchun o‘ziga ovqat yeyish bilan bog‘liq cheklov qo‘ygani haqida so‘zlab berdi. Mish-mishlarga ko‘ra, olim ko‘p martini ichgan va sigareta chekkan.
Myorfining suratga olish jarayonlariga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorlanishi uchun besh oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Aktyor filmdagi roli uchun qancha vazn yo‘qotganini oshkor etmagan va insonlarni muntazam parhezlar bilan o‘zlarini qiynoqqa solmaslikka chaqirgan.
“Bunday holatda siz o‘zingiz bilan kurashasiz. Tavsiya qilmayman”, — deydi aktyor.
Biroq, Myorfi filmdagi roliga shunchalik berilib ketganki, u to‘yib ovqatlanmayotganini ham sezmagan.
“Men energiyaga to‘la edim va ovqat yoki boshqa narsa haqida qayg‘urmasdim. O‘zimni giper kuchga ega insondek his qildim, biroq bu normal holat, chunki personajim shunaqa edi. U hech qachon ovqatlanmagan”, — deydi aktyor.
Tasodifiy xabarlar
"Boshqotirma 2" filmidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
"Halo" seriali 2 mavsumi O'zbek tilida rasmiy treyler
Endryu Garfild yangi filmda suratga tushadi
Warner Bros.dan qo'rqinchili film ko'ramizmi?
Liza Frankshteyn qo'rqinchili komedik film rasmi treyleri
Top 10 Detektiv filmlar!