Leonardo Di Kaprio Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” nomli yangi filmidagi roli uchun katta miqdorda gonorar oldi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, gap kamida 25 million dollar haqida ketmoqda, deb yozadi “Liter.kz” nashri.
Bundan tashqari, Skorsezening filmi Apple studiyasi uchun eng qimmat filmga aylandi — kompaniya loyihani ishlab chiqarishga 200 dan 250 million dollargacha sarfladi. Bu mablag‘ga esa marketing uchun ajratilgan pul kirmaydi.
Film premyerasi 2023-yilning 20-oktyabrda bo‘lib o‘tadi va 45 kundan so‘ng “Gulli oy qotillari” Apple TV+ da paydo bo‘ladi. Martin Skorsezening filmi jurnalist Devid Grannning asari asosida suratga olingan. Loyiha 1920-yillarda neft koni topilgan Oseyj qishlog‘ida mahalliy aholi qanday qilib sirli ravishda ommaviy halok bo‘lgani haqida hikoya qiladi.


Tasodifiy xabarlar
Hindistonlik rejissyor Sherlok Xolms haqida komediya film suratga oladi
UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi
Bizning so'ngimiz 2 mavsumi So'ngilar seriali 2 mavsumi faslidan yangi treyler
Momaqaldiroqlar filmi Marvelning yangi filmidan qaynoq treyler
Marvelda "Qasoskorlar : Yashirin urushlar" filmi eng yaxshisi bo'ladimi?
Yangi detektiv jangari serial "Tungi Agent" treyleri