“O‘rgimchak odam” rejissori filmning Tobi Maguayr ishtirokidagi yangi qismiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
“O‘rgimchak odam” filmining ikkita qismida (Tobi Maguayr ishtirokidagi filmning uchinchi qismi va “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” loyihasida Tom Holland bilan) Flint Marko rolini o‘ynagan aktyor Tomas Heyden Chyorch kinokartina haqidagi yangi mish-mishlar boshlanishiga sababchi bo‘ldi. U loyihaning sobiq rejissori Sem Reymi Tobi Maguayr ishtirokidagi to‘rtinchi qismi suratga olinishi haqida eshitgani haqida so‘zlab bergan.
“Men Sem Reymi Tobi Maguayr bilan yana bir ‘O‘rgimchak odam’ filmini suratga olishi haqidagi mish-mishlarni eshitdim va agar bu holat sodir bo‘lsa, hech bo‘lmaganda qahramonim bilan yana bir bor ko‘rinishga harakat qilaman”, — deydi aktyor.
Dastlab rejissor Reymining “O‘rgimchak odam-4” filmi uchinchisidan keyin chiqarilishi rejalashtirilgan va Sony loyihaning ustida ishlashni boshlagandi. Biroq oxir-oqibat, film umuman suratga olinmadi va Reymi loyihani tark etdi. Keyinchalik loyihaning ikkita aktyor — Endryu Garfild va Tom Holland Piter Parker rolini ijro etgan talqinlari taqdim etildi.
Shuningdek, o‘tgan yili Reymining o‘zi agar shunday imkoniyat paydo bo‘lsa, to‘rtinchi film ustida ishlashga tayyorligini tasdiqladi. Avvalroq u bu ishni qilish mumkin deb hisoblamagan, ammo “Doktor Strenj”dagi bir nechta olam tushunchasi rejissorga hozir hamma narsaning uddasidan chiqa olish mumkinligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, rejissor yana Tobi Maguayr va Kirsten Danst bilan ishlash istagi borligini aytgan.


Tasodifiy xabarlar
Ajdar o'rgatuvchilar filmi kinosi yangi rasmiy treyleri
Gen V seriali 2 mavsumi fasli yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
Bollivud qiroli Shoxruxxon Qaytdimi?
Ostin Batler: “ ‘Dyuna-2’ filmini suratga olish jarayonida jaziramadan aktyorlar hushidan ketardi”
Kungfu panda 4 multfilimidan yangi video parcha
Derriga xush kelibsiz seriali O'zbek tilida rasmiy treylerni tomosha qiling