Film & Television Industry Alliance sayti taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi “Kichkina ajdarho” filmini ilm & Television Industry Alliance sayti taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi “Kichkina ajdarho” filmini suratga olish jarayonlari shu yilning sentabr oyida Monrealda boshlanadi.
Dastlab Jeki Channing ishtiroki haqida rasmiy ma’lumot yo‘q edi, biroq keyinchalik aktyor may oyida yangi loyiha ijodkorlari bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi.
Yangi “Kichkina ajdarho” loyihasini yaratish rejalari o‘tgan yilning sentabr oyida ma’lum bo‘lgan edi. Film premyerasi 2024-yilning 13-dekabrida bo‘lib o‘tadi va unga Jonatan Entvistl rejissorlik qiladi. Loyiha muallifi Jon Xarvits xabar berganidek, yangi “Kichkina ajdarho” kinokartinasining “Kobra Kay” seriali bilan bog‘liqligi bo‘lmaydi.
Bosh rollarda Jeki Chan va Jeyden Smit o‘ynagan “Kichkina ajdarho” filmi 12 yoshli Dre Parker haqida bo‘lib, u til va mahalliy urf-odatlarni bilmay, onasi bilan Pekinga ko‘chib o‘tadi. Mahalliy o‘g‘il bolalar to‘dasi uni haqorat qila boshlaganda janob Xon yordamga keladi va Parkerga kungfu san’atini o‘rgatishga qaror qiladi. Jeki Chan yangi filmda janob Xon rolini takrorlashi kutilmoqda.


Tasodifiy xabarlar
Maykl Jekson kiygan paypoq auksionda yuqori narxda sotildi
2023-yilda kutilayotgan eng sara seriallar!
Yura davri dunyosi, Supermen, Fantastik To'rtlik O'zbek tilida Iyul oyidagi premyeralar
Supermen O'zbek tilida rasmiy treyler 2025
Bollivud qiroli Shoxruxxon Qaytdimi?
"Navalniy" hujjatli filmi "Oskar" mukofotini oldi