Amerikalik aktrisa Anjelina Joli XX asrning eng buyuk opera xonandalaridan biri Mariya Kallas rolini ijro etadi.
Kallas haqidagi biopikni Chililik rejissyor Pablo Larreyn suratga oladi. Kartinada Kallasning “bo‘ronli, go‘zal va fojiali hayotiy hikoyasi” namoyish etiladi.
“Men kino va operani birlashtirish imkoniyati uzoq kutilgan orzuim edi deb ayta olaman. Buni juda jasur va izlanuvchan aktrisa Anjelina bilan qilish ajoyib imkoniyatdir. Haqiqiy sovg‘a”, - deya izoh beradi Larreyn.
Joli ham film loyihasini o‘zining orzusi deb ataydi. U Kallas obrazi ekranda qanday aks etishi uchun mas’uliyatni his qilishini aytadi. “Men bu vazifani bajarish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”,- deb va’da berdi aktrisa.

Tasodifiy xabarlar
"DC" kino olamida endi hammasi o'zgaradimi? (Video)
"One piece" seriali 2 - mavsumi qachon? Van pis eng zo'r anime serialmi?
Yovuzlik maskani filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
"Kristi" Sidni Suini ishtirokidagi yangi film birinchi rasmiy treyleri
"Qush qafasi: Barselona" filmidan rasmiy treyler
“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” filmi “Ajdarho uyi” kartinasini ortda qoldirdi