Shohrux Xonni nafaqat Bollivud qiroli, balki romantika qiroli desak ham bo‘ladi. Aktyorning barcha ayol partnyorlari bilan ekrandagi ijrosi va sevgini mahorat bilan ko‘rsatib berishi unga haqli ravishda bu unvonni berdi. Uning bu rollarni ijro etishdagi mahorati bizni qayta-qayta sevib qolishga majbur qiladi. Aktyorning iqtidori serqirra, u salbiy rollarni ham yaxshi ijro etadi. Eng qizig‘i, Shohrux Xon yovuz qahramon obrazini yaratganida o‘zining aktyorlik mahorati bilan filmlardagi ijobiy obrazni ham ortda qoldirgan. Quyida aktyorning eng yaxshi salbiy rollari haqida ma’lumot beriladi.
1) “Muhabbat va qo‘rquv” — 1993-yil
Shohrux Xonning shu kungacha ekrandagi eng yaxshi rollaridan biri Rahul Mehraning go‘zal Kiranga bo‘lgan muhabbati bo‘lgan. Bu xavfli tanlov bo‘lgan, chunki yosh aktyor endigina kinoda o‘z faoliyatini boshlagan va abadiy yovuz odam bo‘lib qolishi mumkin edi. U o‘z vazifasini bajarib, olqishlarga sazovor bo‘ldi va bugungi kun qahramoniga aylandi.
2) “Firibgar” — 1993-yil
Shohrux Xon “Firibgar” filmida bir oilani yo‘q qilish niyati bo‘lgan Ajay Sharma ismli sovuqqon qotil rolini o‘ynagan. Shohrux Xon salbiy qahramon sifatida o‘zining aktyorlik qobiliyatini namoyish etdi va film davomida tomoshabinlarni o‘ziga rom qildi. Uning Madan Chopraga o‘zining aslida kimligini aytib bergan monologi esa juda hayratlanarli. U ushbu filmdagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan.
3) “Xulosa” — 1994-yil
Filmda aktyor go‘zal styuardessa Shivaniga oshiq bo‘lgan boy tadbirkor Vijay Agnihotri rolini o‘ynaydi. Shivani turmushga chiqish arafasida bo‘ladi, bosh qahramon esa uni unuta olmay, psixopatga aylanadi va uning nikohini buzishga harakat qiladi. Film prokatda unchalik yaxshi natija bermagan bo‘lsa-da, Shohruh Xon o‘z ijrosi uchun Filmfare mukofotining “Eng yaxshi salbiy rolni ijro etgan aktyor” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
4) “Muxlis” — 2016-yil
Filmda oddiy muxlisning yovuz qahramonga aylanishi, Shohrux Xonning o‘zi muxlis sifatida tasvirlangani diqqatga sazovor. Yigit o‘z kumiri Aryanni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun Mumbayga borishga qaror qiladi, unga sovg‘a tayyorlaydi. U manzilga yetib kelganidan keyin maydonda minglab muxlislar borligini ko‘radi, o‘z kumiri bilan uchrashishning iloji yo‘qligini tushunib yetadi. Xon bilan uchrashishga uringan qahramon qamoqxonaga tushadi. G‘azablangan yigit tashqi ko‘rinishidan foydalanib, Aryan nomi bilan yomon ishlarni qila boshlaydi, politsiya esa unga ishonadi.
5) "Don" - 2006 yil
Film afsonaviy aktyor Amitabh Bachchan ishtirokidagi shu nomdagi muvaffaqiyatli kinokartinaga asoslangan. Bollivud qiroli Shohrux Xon ushbu loyihada ikkita rolni o‘ynadi, ulardan biri salbiy qahramon. Shohrux Xon ushbu filmda sobiq dunyo go‘zali Priyanka Chopra bilan birinchi marta partnyor bo‘ldi. Har qanday mashhur filmni qayta ishlash oson ish emas, ayniqsa, o‘z davrining yulduzi boshqa bir davrning mashhur aktyori me’yorlariga mos kelishi kerak bo‘lsa, buning uddasidan chiqish qiyin bo‘ladi. Biroq Shohrux Xon nafaqat Don obrazini mahorat bilan ijro etib berdi, balki o‘z qahramonini barcha zamonlarning klassikasiga aylantirdi.
6) “Rais” — 2017-yil
Shohrux Xon loyihada “batareya” deb atashlarini yomon ko‘radigan yovuz ko‘zoynakli bezori rolini o‘ynadi. Aktyor ekranda firibgar obrazini mahorat bilan gavdalantirib, serqirra aktyorligini isbotladi. Rais — yoshligidanoq atrofidagi dunyoning dahshatli adolatsizligi va shafqatsizligiga duch kelgan yosh yigit. U yashaydigan joy hukumati alkogolni noqonuniy sotishga qarshi urush olib boradi. Ko‘p yillar davomida u eng xavfli mafiyalardan biriga aylanadi va hayotida bir vaqtlar orzu qilgan hamma narsaga erishadi.
Tasodifiy xabarlar
Disneyning yangi multfilmlari chiqish sanalari
Bokschi Bahodir Jalolov haqida film suratga olinadi!
Persy Jekson va olimpiadachilar" seriali 5 qismidan rasmiy treyler
"Avatar 2: Suv Yo'li" filmidan navbatdagi rekord.
"Garri Potter" filmi qahramonlari bolalar ko'rinishida(Foto)
Toshkentda ilk IMAX kinoteatr ochildi (Foto)