Shohrux Xon ishtirokidagi yangi “Qirol” filmi haqidagi ma'lumotlar

Shohrux Xon ishtirokidagi yangi “Qirol” filmi haqidagi ma'lumotlar

Bollivud qiroli Shohrux Xon bosh rolni ijro etayotgan "Qirol" (King) filmi Polshaning Gdansk shahrida suratga olinmoqda. Film Bollivud tarixidagi eng yirik xalqaro loyihalardan biri sifatida e'tirof etilmoqda - unda Yevropa shaharlaridagi manzaralar, ekstremal sahnalar va zamonaviy texnologiyalar uyg'unlashadi.

Suratga olish ishlari Gdansk, Gdynya va Sopot shaharlarini qamrab olgan hududda sentyabr oyining o'rtalaridan buyon davom etmoqda. 30-sentyabrdan 1-oktyabrga o'tar kechasi Gdanskning markaziy qismi bo'lgan Glowny Miescie hududida mototsikl sahnalari va murakkab kaskadyorlik tryuklari tasvirga olindi. Eng hayratlanarli sahnalardan biri - Artus saroyi fasadidan sakrash epizodi bo'ldi. Bu jarayonda ayrim ko'chalar vaqtincha yopilgan, bu esa mahalliy aholining biroz noroziligiga sabab boʻlgan.




Filmda Shohrux Xon bilan birga dunyo miqyosida tanilgan aktrisa Dipika Padukone ham ishtirok etadi. U ilgari ham aktyor bilan "Chennay ekspress" va "Pathan" filmlarida go'zal duetlar yaratgan. Shuningdek, aktyorlar tarkibida Suhana Xon (aktyorning qizi), Abhishek Bachchan, Arshad Varsi, Akshay Oberoy va Raghav Juyal kabilar bor. Abhishek Bachchan filmda salbiy qahramon rolini ijro etishi kutilmoqda.

"Qirol" filmi rejissyori mashhur Siddharth Anand bo'lib, film byudjeti taxminan 24 million dollarga baholanmoqda. Maxsus effektlar ustida Shohrux Xonga tegishli kompaniya ishlamoqda.





"Qirol” filmi 2026-yil 26-dekabrda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. Biroq ayrim manbalar uni 2027-yilga kechiktirish ehtimolini ham istisno etmayapti — bunga suratga olish jadvali va aktyorlarning bandligi sabab bo‘lishi mumkin.



PREMYERAGA QOLGAN VAQT: 2026-12-26


Теглар:
×