"Barbi" vs "Oppengeymer" O'zbekistonliklar qay birini ko'proq tomosha qilishdi?

Yozning so'ngi haftalarida: 21-iyul  Kristofer Nolanning “Oppenhaymer” va Greta Gervigning “Barbi” filmlari namoyish etildi. Ular dunyo bo‘ylab katta rezonansga sabab bo‘ldi. Xususan, O‘zbekistonda ham ikki kinoga katta qiziqish bildirildi. Ammo bu borada statistika nima deydi? O‘zbekistonliklar uchun bir sanada katta ekranlarga chiqarilgan ikki kinodan qaysi biri qiziqroq bo‘ldi? Afisha.uz Google Trends ma’lumotlariga asoslanib, kichik o‘rganish o‘tkazdi.

  

Umumiy olganda, premyera kunidan boshlab O‘zbekistonda “Barbi"ga qiziqish “Oppenhaymer"dan ko‘ra 2−3 barobarga yuqori bo‘lgan va Greta Gervigning bu filmi bir oy o‘tib ham muhlislarni Nolan filmidan ko‘proq qiziqtirib kelmoqda. Quyidagi suratda olovrangda “Barbi”, ko‘k rangda esa “Oppenhaymer” qidiruvi statistikasi keltirilgan. Qiziq tarafi shundaki, so‘nggi kunlarda “Oppenhaymer"ga qiziqish tushib borayotgan bo‘lsa, “Barbi"ning qidiruvlari buning aksini ko‘rsatadi.

 

Viloyatlar kesimida

Viloyatlar bo‘yicha ham Greta Gervigning filmiga qiziqish yaqqol ustun. 21-avgust sanasiga ko‘ra, Jizzax viloyatida 32 foiz qidiruvchi “Oppenhaymer"ni, 68 foiz qidiruvchi esa “Barbi"ni qidirgan. Bu — Nolan filmiga qiziqish eng yuqori bo‘lgan viloyat. Undan keyingi o‘rinda 29 (“Oppenhaymer”) va 71 (Barbi) foiz bilan Farg‘ona viloyati turibdi. Vodiyning yana bir viloyati — Namanganda esa bu ko‘rsatkich tegishli tarzda 28 va 72 foizni tashkil qilgan.

Sirdaryo — 26 (“Oppenhaymer”)-74 (“Barbi”) foiz;

Buxoro — 25−75 foiz;

Qoraqalpog‘iston — 22−78 foiz;

Toshkent shahri — 21−79 foiz;

Andijon — 19−81 foiz;

Qashqadaryo — 17−83 foiz;

Samarqand — 16−84 foiz;

Navoiy — 14−86 foiz;

Surxondaryo 13−87 foiz;

Xorazm — 10−90 foiz.

 

Sizchi siz qaysi kinoni tomosha qildizngi? Sizga qaysi biri ko'proq yoqdi?

×