“Yigit soʻzi” seriali ijodkorlari 8 qismga katta o'zgartirish kiritib qayta suratga olishmoqda!
Jora Krijovnikov va Andrey Zolotarev final epizodiga mualliflik o'zgartirish kiritayotganliklarini aytishdi. Sakkizinchi qism katta o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda, bu mualliflarning yakuniy qismni "zo'rroq, kutilmagan va hissiyotli" qilish istagi bilan bog'liq. Afsuski shu sababli, asl sakkizinchi epizod rejalashtirilgan sanada 21-dekabrda chiqarilmaydi! Bir oz kechroq chiqadi!
8 qism qayta suratga olinishing asl sababi esa internet tarmog'iga tarqalib ketgan DEMO versiya.
Eslatib o'tamiz bundan bir necha kun oldin "Yigit So'zi" seriali 7/8 qismlar DEMO (qaroqchilik) qilinib serialning mantaj ustasi tomonidan tarqatib yuborilgan edi.
Rejissyorlarning so'zlariga ko'ra 8 qism tarqalib ketgan qismdan tubdan farq qiladi va umuman boshqacha bo'ladi!
Eslatib o'tamiz serial 9- noyabr sanasidan boshlab premyera qilina boshlagan. Va shu vaqtgacha serialning 7 ta qismi namoyish qilindi va muhlislar tomonidan juda katta qiziqish bilan qabul qilindi.
8 qism chiqish sanasi haqida albatta tez orada habar beramiz!
Serial haqida sizning fikringiz qanday? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.



Tasodifiy xabarlar
Leonardo Di Kaprio Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” filmi uchun katta miqdorda gonorar oldi
Dedpul 3, Deadpool 3 filmidan ilk rasmiy tizer namoyish qilindi
"Marvellar" filmidan ilk rasmiy treyler (Video)
Skarlett Yoxansson "Marvel" dagi ro'liga endi qaytmaydim?
Elio multfilmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
"Jentelmenlar" filmi asosida yaratilgan serialdan ilk rasmiy treyler