Yapon rejissori Hayao Miyazakining “Bola va qarqara” filmi AQShda dam olish kunlari 12,8 million dollar ishlab topdi va Shimoliy Amerika prokatida birinchi o‘rinni egallagan ilk anime bo‘ldi.
Shuningdek, “Bola va qarqara” filmi Miyazakining AQShdagi eng kassabop kartinasiga ham aylandi. Taqqoslash uchun rejissorning mamlakatdagi undan avvalgi “Shamol ko‘tariladi” filmi umumiy prokati davomida 5,2 million dollar keltirgan.
“Bola va qarqara” filmining premyerasi Yaponiyada iyul oyida boshlangan bo‘lsa, butun dunyo bo‘ylab o‘tgan haftada boshlandi.
Maʼlumot uchun, anime Yapon animatsiyasi bo‘lib, boshqa mamlakatlardagi, asosan bolalar ko‘rishi uchun mo‘ljallangan multfilmlardan farq qiladi. Ishlab chiqarilgan animelarning aksariyati o‘smirlar hamda katta yoshdagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan.


Tasodifiy xabarlar
Jeki Chan kino olamidagi o'z ijodini shiddat bilan boshladi
"Transformerlar 7: Yirtqichlar Yuksalishi" treyler tahlili
Qo'rqinchili filmlar 2024 yildagi qo'rqinchili filmlar treylerlari
Komik aktyor Jim Kerri hayoti va ijodi (Video)
Grimda xatto oila azolari ham tanimay qolgan Yulduzlar!
"Fuqarolar urushi" yangi jangari film rasmiy treyleri