“Uyda yolg‘iz-2” filmida Kevin Makkallister rojdestvo bayramida yana bir marta Garri va Marvinning adabini bergan hashamatli uy sotuvga qo‘yildi. Uy Manhettenning Upper West Side qismida joylashgan.
Uy to‘rtta yotoqxona, kaminli mehmonxona, shaxsiy ofis, bog‘ tomonga qaragan oynali ochiladigan devor, to‘rtta hammom, terrasa va bir qancha xonalardan iborat.
“Film chiqqaniga 30-yildan ortiq bo‘lishiga qaramay, uy egalari hanuzgacha butun dunyo bolalaridan Kevin uchun xatlar oladi, uy oldida rasmga tushadi”, — dedi kuchmas mulk agenti.
Film orqali tanish bo‘lgan mashhur va hashamatli uy yangi egasi uchun 6,7 million dollarga tushishi aytildi.


Tasodifiy xabarlar
"Tabassum" dahshatli film davomi suratga olinadimi?
"Dyuna 2" filmidan yangi uzoq vaqtlik rasmiy video parcha
Rejissor Ang Li Bryus li haqida film olmoqchi.
"Argyle" yangi jangari film treyleri endi O'zbek tilida
"Chumoli odam 3: Kvantmania" filmining yangi treyleri
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler