Amerikalik taniqli aktyor Arnold Shvarsenegger “Kerakli bo‘l. Hayotning yetti qoidasi” nomli avtobiografik kitobini chiqardi. Unda filmlardagi hayot uchun xavfli bo‘lgan tryuklari tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Varvar-Konan” filmining suratga olish maydonida kalxatning jasadini bir necha marta tishlashga to‘g‘ri kelgan.
“Men haqiqiy o‘lik kalxatni tishlaganman va har dubldan keyin og‘zimni spirt bilan yuvishga majbur bo‘lganman. Tasvirga olish kunlarining birida belimdan jarohat oldim va bu uchun qirqta chok tushdi. ‘Konan’ bilan tryuk bajarish juda qiyin edi, chunki o‘sha paytdagi kaskadyorlar katta emasdi. Shu sabab tizza va tirsaklarimdan qon chiqmaguncha emaklashga to‘g‘ri kelgan. Itlar ham menga hujum qilgan. Yaxshi hamki, o‘sha paytda og‘ir atletika mashhur edi, baquvvat kaskadyorlar paydo bo‘lgandi”, — deya eslaydi Shvarsenegger.
Keyingi xavfli tryukni aktyor “Oltinchi kun” filmida ijro etgan. Unda Shvarsenegger cho‘kishiga oz qolgan.
“Ehtimol, eng xavfli tryuklardan biri “Oltinchi kun” kartinasida sodir bo‘lgan. Men suzayotgan joy oddiy manzara bo‘lib ko‘rindi, lekin basseynda qopqoq bor edi va men kirgan joyimdan chiqishim kerak edi, lekin orqaga qaytayotganimda havo tugay boshladi. Yo‘l topa olmadim, lekin vahima qilmaslikka harakat qildim. Baribir uzoq vaqt tura olmasligimni bilardim. Yaxshi hamki, mening dublyorim Billi Lukas nima bo‘layotganini tushundi va meni qutqardi”.
Shu yili Netflix aktyorning hayoti haqida “Arnold” hujjatli mini-serialini muxlislarga taqdim etdi.
Tasodifiy xabarlar
Eng yaxshi motivatsion filmlar Top O'zbek tilida
Yura davri dunyosi: Qayta tug'ilish uyg'onish filmi kadr orti jarayonidan ajoyib video rolik
"Pinokkio" ertagi yangi talqinda(Treyler)
Aktrisa Anjelina Joli faxriy mukofot bilan taqdirlanadi
O‘ynagan rollaridan qattiq afsuslangan kino yulduzlar (foto)
Minecraft filmi O'zbek tilida treyler to'liq tahlili