Amerikalik aktyor, “Uyda yolg‘iz” komedik filmi yulduzi Makoley Kalkin ikkinchi marta ota bo‘ldi, deb xabar beriladi.
Makoley Kalkin va uning sevgilisi, aktrisa Brenda Song oilasida o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Chaqaloq uch oy oldin, Yangil yil arafasida tug‘ilgan bo‘lib, juftlik unga Karson deb ism qo‘yishgan.
2021-yil 5-aprelda Brenda Song va Makoley ota-ona bo‘ldi. Ular o‘g‘liga Kalkinning vafot etgan singlisi sharafiga Dakota deb ism berishdi. Ammo ota-onalik ularga nafaqat quvonch, balki ba’zi qiyinchiliklarni ham olib keldi.
Makoley va Brenda uchrasha boshlaganidan bir yil o‘tib, Kalkin munosabati jiddiy ekanligini aytdi. U Brendaga bolalarining otasi bo‘lishni istashini ochiq aytgan. Song o‘zining Instagram’dagi sahifasida tez-tez “Mak” haqida ta’sirli postlar joylaydi.
Tasodifiy xabarlar
Aktrisa Zendaya “Oltin globus” mukofotiga nomzodlar ro'yhatida!
Ajdar o'rgatuvchilar O'zbek tilida rasmiy treyler
Yangi jangari film "Qora Latos" film treyleri
"Galaktika qo'riqchilari 3" filmi o'zbekcha to'liq tahlilda
"Jodugar" seriali 3 fasli mavsumidan yangi treyler
"Trollar 3" animatsion filmidan yangi rasmiy tizerni tomosha qiling