Rejissor Jeyms Kemeron “Avatar” filmining 3-qismi qachon ekranga chiqishi haqidagi savollarga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, filmni suratga olish jarayoni allaqachon yakunlangan, biroq yaqin orada ekranga chiqmaydi.
“Bizni texnik ishlar uchun mashaqqatli ikki yil kutib turibdi, shuning uchun premyerani 2025-yilning Rojdestvosiga rejalashtiryapmiz”, — deydi Kemeron Yangi Zelandiyadagi konferensiyada.
Avvalroq rejissor filmning uchinchi qismida tomoshabinlar Pandora sayyorasida yashovchi yangi qabilani ko‘rishini aytgan edi. Kartinaning to‘rtinchi va beshinchi qismining namoyishi 2029—2031-yillarga rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, “Avatar” filmi 2009-yilda ekran yuzini ko‘rib, tarixdagi eng ko‘p (2,923 milliard dollar) daromad olib kelgan film bo‘lib turibdi. Kartinaning ikkinchi qismi — “Suv yo‘li”ning premyerasi 2022-yilda bo‘lib, film kassasiga 2,32 milliard dollar daromad olib keldi.

Tasodifiy xabarlar
28 - yildan so'ng: Suyak ibodatxonasi filmidan yangi rasmiy treyler
"Netflix" dan yangi "Qora ritsar" seriali treyleri
Titanik filmi aktyorlari xozir qanday ko'rinishda?(Video)
“F1” Formula-1 filmi Apple’ning eng ko‘p daromad keltirgan kartinasiga aylandi
Nikolas Keyj ijrosidagi "Iblisga hamdardlik" filmi treyleri
Qasoskorlar: Qiyomat kuni O'zbek tilida to'rtinchi rasmiy tizer