Garri Potter birinchi marta ota bo'ladi

Buyuk Britaniyaning eng mashhur aktyorlaridan biri, “Garri Potter” obrazi orqali kino tomoshabinlariga yaxshi tanish boʻlgan ijodkor Deniel Redkliff ilk bor ota boʻladi. Aktyorning suygan yori – aktrisa Erin Darkning farzand kutayotgani har ikki ijodkorning muxlislari uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Ushbu xushxabarni aktyorning rasmiy vakillari ham tasdiqlagan.

 

Juftlik bundan 11 yil avval, 2012-yilda “Sevimli insonlaringni oʻldir” filmini suratga olish jarayonida tanishib qolganlar. Redkliff ushbu filmda yozuvchi Allen Ginzberg rolini ijro etgan.

Maʼlumot uchun, Deniel Redkliff 2022-yilda Garri Potter haqida suratga olinadigan navbatdagi – “Laʼnatlangan goʻdak” filmi orqali ekranlarga qaytishi yoki qaymasligi masalasiga aniqlik kiritgan edi. Ijodkor “Garri Potter”ni oʻtmishga qoldirish vaqti yetib kelgani, shu bilan birga “hech qachon hech qachon deb boʻlmasligi”ni taʼkidlagan

QkShNEKr
QkShNEKr

555

555

555