“Forsaj 10” filmining muvaffaqiyatli taqdimotidan keyin loyiha rasman butun dunyo bo‘ylab 7 milliard dollar to‘plagani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu natijaga “Forsaj” filmlaridan tashqari “Yulduzlar jangi” franshizasi, “Garri Potter”, “Jeyms Bond” loyihasi va Marvel kinematik olami erishgan.
“Forsaj” filmlari umumiy 11 ta qismdan iborat va hozirga qadar kassada 7,03 milliard dollar yig‘gan. Eng ko‘p daromad keltirgan film Pol Uoker so‘nggi rolini ijro etgan “Forsaj 7” hisoblanadi, ushbu loyiha umumiy 1,52 milliard dollar to‘plagan.
“Forsaj 10” filmi 18 maydan katta ekranlarga chiqdi va dunyo bo‘ylab 400 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, franshizaning o‘ninchi qismida Toretto va uning sheriklari o‘ldirilgan narkobaronning o‘g‘li Dante (Jeyson Momoa ijro etgan qahramon) bilan yana bir kuchli raqibga duch keladi. Filmda bosh rollarni Mishel Rodriges, Tayriz Gibson, Jordana Bryuster, Bri Larson, Sharliz Teron, Jon Sena, Helen Mirren va boshqalar ijro etgan.
Loyihaga Lui Leterye (“Aldash illyuziyasi” loyihasi muallifi) rejissorlik qilgan. U, shuningdek, “Forsaj-11” filmini ham suratga oladi. Filmning budjeti 340 million dollarni tashkil etdi.


Tasodifiy xabarlar
"Titanik" filmining yangilangan versiyasi uchun Treyler.
"Asalarichi" The Beekeeper filmining kassa yig'imi qanchaga yetdi?
Qasoskorlar: Qiyomat kuni O'zbek tilida to'rtinchi rasmiy tizer
"Beetlejuise 2" filmi oxirgi rasmiy tizer-treyleri
“Kung-fu panda” franshizasi katta miqdordagi foyda keltirdi
Moana jonli filmidan birinchi rasmiy tizer namoyish qilindi