"Oskar" ga loyiq ko'rilmagan eng mashhur yulduzlar

Leonardo Di Kaprio 22 yil davomida orzu qilingan oltin haykalchani kutdi va unga erishdi ham. Ammo har doim ham tomoshabinlar sevgisi, professionallik va unutilmas rollar jahon kinosida asosiy hisoblanadigan mukofotni olishni kafolatlamaydi.

Bugun sizlarga kino olamida eng mashhur shunday insonlar haqida ma'lumot beramiz.

1) Tom Kruz

 

Tom sobiq rafiqasi Nikol Kidmanga duch kelmaslik uchun so‘nggi mukofotlash marosimidan qochib ketgandi. Tom to‘rt marta nomzod bo‘lgan, ammo mukofotga loyiq ko‘rilmagan.

2) Glenn Klouz

 

Mutlaq afsona va yuqori toifali professional Glenn jahon kinosining oltin fondiga kiritilgan juda ko‘p ajoyib rollarni ijro etgan — lekin u hech qachon orzu qilingan oltin haykalchani olmagan. Garchi uning birinchi roli nominatsiyaga sazovor bo‘lgan bo‘lsa ham, o‘shandan beri aktrisaning nomi marosim sahnasida sakkiz marta yangradi. Glenn 2021-yilda oxirgi marta “Xillbilli elegiyasi” filmidagi roli uchun nomzod bo‘lganida 74 yoshda edi va yana bir bor haykalchasiz qolganda, u hech qachon “Oskar”ga loyiq ko‘rilmasa juda zo‘r bo‘lishini aytadi.

3) Bredli Kuper

 

6 nominatsiya, ammo bitta ham mukofot yo‘q, Albatta, bu aktyor hayotida “Oskar”siz ham juda omadli bo‘lgan, lekin “Mening telba yigitim” filmidagi partnyori mukofotga loyiq ko;rilgani biroz haqoratli edi. Filmdagi sherigi Jennifer Lourens haykalchaga ega chiqdi, ammo bosh qahramon telba yigit rolini o‘ynagan aktyorning o‘zi e’tiborsiz qoldi.

4) Sheron Stoun

 

Sheronning eng mashhur filmi “Asosiy instinct” bo‘lsa-da,, ammo u “Kazino” filmi uchun “Oskar”ga nominatsiyasi qo‘yiladi. Afsuski, aktrisa mukofotga loyiq ko‘rilmaydi, lekin bu Stounning afsonaga aylanishiga to‘sqinlik qilmadi.

5) Jonni Depp

 

U eng nufuzli loyihalarda eng yaxshi rejissorlar bilan ishlagan va uning iste’dodiga hech kim shubha qilmagan – lekin Depp hech qachon bosh mukofotga loyiq ko‘rilmagan. Sobiq rafiqasi Ember Xyord bilan bo‘lgan shov-shuvli janjal ­— u Jonnini uy hayvonini zo‘ravonlikda va barcha mumkin bo‘lgan gunohlarda ayblagan, uning karyerasiga nuqta qo‘ygandek bo‘ldi. Ammo sud Depp tarafini oldi. Deppning o‘zi hozir Gollivuddan ko‘ra Yevropa kinosiga ko‘proq qiziqayotganini, oltin haykalchasi yo‘qligiga chidashga tayyor ekanini aytadi.

6) Mishel Pfayffer

 

Mishel 1983-yilda “Chandiqli yuz” filmida unutilmas rol o‘ynab, katta kinoga kirib keldi va ko‘p yillar davomida aktyorlik shon-shuhratining cho‘qqisiga ko‘tarilishda davom etdi. Tomoshabinlarning eng taniqli va sevimli ekran go‘zallaridan biriga aylandi. Uning xizmatlari ko‘plab yirik mukofotlar va uchta “Oskar” nominatsiyasi bilan belgilandi, ammo, afsuski, Mishel hech qachon haykalchaga sazovor bo‘lmadi. Ammo 2007-yilda u Gollivud Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi.