Gollivudning mashhur juftligi Anjelina Joli va Bred Pitt yeti yillik mojarolardan so‘ng ajrashdi. Aktyorlarning vino zavodi ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.
Chateau Miraval vino zavodi tufayli juftlikning o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi, bunday bo‘lmaganida, ish tezroq yakunlangan bo‘lardi. Gap shundaki, Bred vino zavodini juda yaxshi ko‘rardi va Anjelina esa spirtli ichimliklar biznesi bilan shug‘ullanishni istamadi va shuning uchun o‘zining 164 million dollarlik ulushini sotishga qaror qildi. Xabar qilinishicha, aktyor vino zavodini to‘liq nazorat qilish uchun 250 million dollar ajratadi.
“Ular ushbu sud jarayoniga, shu jumladan, vasiylik uchun kurashga juda ko‘p pul sarfladi va oxir-oqibat Anjelina ko‘p narsadan mahrum bo‘lishi mumkin edi, shuning uchun bu uning yo‘qotishlarini kamaytirishning oqilona yo‘li bo‘ldi. Bu Bred uchun katta yutuq”, — deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, 2019-yilda Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashgan edi. Sobiq juftlikning olti nafar farzandi bor. Ular farzandlari Maddoks, Paks Tyen va Zaxarani asrab olgan. Shaylo, egizaklar Noks va Vivien esa juftlikning o‘z farzandi hisoblanadi. “Men Bred Pitt bilan oilam farovonligi uchun ajrashdim. Bu to‘g‘ri qaror edi. Bugungi kungacha bolalarimning tinch hayot kechirishiga e’tibor qaratmoqdaman”, — deydi aktrisa.


Tasodifiy xabarlar
"Vonka" filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
Garri Potter seriali haqida rejissor yangi serial haqida nimalar dedi
"Pingvin" spinn-off serialidan yangi rasmiy treyler
"Garri Potter" filmi yulduzi qiziga "Wednesday" deb ism qo'ydi
"Akvamen 2: Yo'qolgan qirollik" O'zbek tilida rasmiy treyler.
Stiven Spilberg "Dyuna. Ikkinchi qism" filmini yuqori baholadi