“Oskar” mukofoti sohibasi Mishel Yeo Ferrari’ning sobiq bosh direktori Jan Todtga turmushga chiqdi, deb yozadi taniqli internet sahifalari.
Xabarda aytilishicha, juftlik unashtirilganidan 19 yil o‘tib, oila qurishga qaror qilgan. Bu haqda oilaning yaqin do‘sti, braziliyalik avtopoygachi Felipe Massa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Xususan, sportchi juftlikning sevgi tarixi aks etgan o‘ziga xos otkritka suratini ham e’lon qilgan. Unda “Biz 2004-yilning 4-iyun kunida Shanxayda uchrashdik. 2004-yilning 26-iyulida esa Jan Todt Mishelning qo‘lini so‘radi. U rozilik bildirdi. Va mana bugun oradan 6992 kun o‘tib sevimli oilamiz va do‘stlarimiz davrasida biz ushbu daqiqani birga nishonlashga qaror qildik”, — deyiladi.
Tantana vaqtida 60 yoshli Mishel Yeo ikki xil obrazda namoyon bo‘ldi. Marosimning rasmiy qismida u oq shoyi kofta-yubka kiygan.
Aktrisaning yana bir libosi qaymoqrang bejirim ko‘ylak bo‘lgan. 77 yoshli kuyov esa havorang galstuk va klassik smokingda edi.


Tasodifiy xabarlar
76-Kann kinofestivali g‘oliblari aniqlandi (foto)
"Akvamen 2: Yo'qolgan qirollik" O'zbek tilida rasmiy treyler.
Momaqaldiroqlar filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
"Napoleon" filmi suratga olish ishlari haqidagi video rolik
"Shazam 2 : Ma'budlar g'azabi" filmi suratga olish jarayoni
"Avatar: Aang afsonasi" serialidan yangi rasmiy treyler