“Disney” kompaniyasi “Qirol sher” filmining davomi hisoblangan yana bir multfilm nomini e’lon qildi . D23 Expo festivalidagi taqdimotda rejissyor Barri Jenkinsning aniqlik kiritishicha, loyiha “ Mufasa: Qirol sher ” deb nomlanadi va 2024-yilda kinoteatrlarda debyut qiladi.
Xabarlarga ko‘ra, voqea turli vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Taqdimotda tayyor materialdan yig'ilgan qisqa tizer-treyler ham namoyish etildi.
Tizer yosh Mufasani qandaydir suv oqimi olib ketayotgan epizod bilan boshlanadi.
“Men bu qahramonlar bilan katta bo‘lganman, ular men uchun juda katta ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, ssenariy muallifi Jeff Neytansonning ishi bolalarga va bu hikoyani sevgan har bir kishiga qirollar shunchaki tug'ilmasligini, ular shunchaki bo‘lib qolmasligini tushunishga imkon beradi. Ular bir qator voqealarni boshdan kechirish orqali kim bo‘lishlari kerak.Shunday ekan, shu nuqtai nazardan qaraganda, bu film men qilgan barcha ishlarimga juda mos tushadi”- deya izoh berdi direktor.
Tasodifiy xabarlar
Eng yaxshi Zombi filmlar top - 5 O'zbek tilida (Video)
Kalmar o'yini seriali 2 mavsumi qaynoq rasmiy treyler
Netflix futbol haqida multfilm yaratdi!
Moana 2 multfilimi O'zbek tilida rasmiy treyler
Aktrisa Kemeron Diaz kino olamiga qaytadi!
Lionel Messi haqidagi film, serialdan rasmiy tizer