Mark Sukerberg haqida hujjatli film suratga olinadi
Buyuk Britaniyaning “Sky” telekompaniyasi “Facebook” va “Meta” kompaniyasi asoschisi Mark Sukerbergning hayoti haqida hujjatli film suratga oladi.
Kartinaning ishchi nomi “Sukerberg: Metakoinot qiroli” boʻlib, unga arxiv kadrlar, Sukerbergning yaqin insonlaridan olingan intervyular jamlanadi. Filmning umumiy davomiyligi 90 daqiqani tashkil etadi.
Maʼlumotlarga koʻra, hujjatli filmga Nik Grin rejissyorlik qilmoqda. U oʻz faoliyati davomida Buyuk Britaniya, Qadimgi Rim, qirollik oilasi va Putin haqida hujjatli filmlar suratga olgan.
Eslatib oʻtamiz, 2010 yili “Facebook“ning yaratilish tarixi va uning asoschisi haqidagi badiiy film taqdim etilgan edi. Jessi Ayzenberg tomonidan suratga olingan kartina toʻrtta nominatsiya boʻyicha “Oltin globus” mukofotini qoʻlga kiritgan. Jahon kinoprokatidan esa 224 million AQSh dollari miqdorida foyda koʻrgan.


Tasodifiy xabarlar
Aktyor Timati Chalamet “Barbi” filmida rol ijro etishni xohlagan edi
"Bizning so'ngimiz"(The Last of us) seriali 2 qism treyleri
"Indiana Jons 5: Taqdir charxpalagi" filmi haqida yangilik
"Doktor Strenj" haqidagi ma'lumolatlar, u kim aslida?
"Cheburashka: Dam olish kuni" maxsus bayram filmidan rasmiy tizer
Jeyms Kemeron “Avatar”ning davomini zudlik bilan suratga olishga kirishadi