Aktyor Bryus Uillis bedavo darda chalingan

Gollivud yulduzi Bryus Uillisga manglay-chakka demensiya (tafakkur buzilishi) tashxisi qo‘yildi. Bu haqda 67 yoshli aktyorning oilasi xabar qildi.

2022-yil martda Uillisning yaqinlari u nutqining buzilishi sabab aktyorlik karyerasini yakunlayotganini e’lon qilgandi. Shundan keyin kasallik rivojlanib borgan, hozirda shifokorlar aniq tashxisni qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

 

67 yoshli Bryusning rafiqasi Emma og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi:

“Oila sifatida biz fursatdan foydalanib, so‘nggi o‘n oy ichida Bryusga mehr va mehr ko‘rsatganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchi edik. Mehribonligingiz uchun tashakkur, chunki siz Bryusni biz kabi sevishingizni bilamiz", - deydi u.

 

Manglay-chakka demensiyasi (MCHD) — ko‘pchilik eshitmagan va istalgan insonda kuzatilishi mumkin bo‘lgan og‘ir kasallik. 60 yoshdan kichiklarda ushbu kasallik demensiyaning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi va uni aniqlashga yillar ketishi mumkinligi sabab MCHD keng tarqalib bo‘ladi. 

"Bugungi kunda mazkur kasallikni davolash usuli yo‘q va umid qilamizki, yaqin yillarda buning ham yo‘li topiladi. Bryusning ahvoli og‘irlashib borar ekan, biz ommaviy axborot vositalarining e’tiborini ko‘proq xabardorlik va tadqiqotni talab qiladigan ushbu kasallikni yoritishga qaratishga umid qilamiz", - deyiladi aktyor oilasining xabarida.

 

Ma'lumot uchun, Bryus Uillis faoliyati davomida 150 dan ortiq filmlarda suratga tushgan va Gollivudning eng yuqori haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri hisoblanadi. U "Oltinchi hissiyot", "Beshinchi element", "12 maymun", "Oxirgi boyskaut", "Armageddon", "Slevinning omadli soni", "Jinoiy cho‘pchak" va "Qattiq yong‘oq" kabi o‘nlab filmlarda rollarni qoyilmaqom qilib ijro etgan.

unnamed
unnamed

Яхши актёр шифо берсин

Rektr, Kecha, 20:35
"Kungfu panda 4" multfilimidan katta hajmdagi video rolik
Panda
Jkoiuhj, Kecha, 13:43
Godzilla va Kong 2: Yangi imperiya O'zbek tilida rasmiy treyler
Kjhbnmljh
Test, 24 марта 2024 16:04
Oʻzbek kinosi Hindistondagi festivalda “Eng yaxshi film” deb topildi
test test test dsalom test test test test test test test test test test test test
Гость Otabek, 24 марта 2024 01:20
Yo'ldagi uy Yo'l yoqasidagi uy yangi jangari filmdan qaynoq video parcha
Kino
Lazizbek, 21 марта 2024 23:19
“Kung Fu Panda 4” o'zbek ozbek tilida barcha kinoteatrlarda namoyish qilinadi
Zor