“Avatar-3” filmining suratga olish ishlari allaqachon yakunlangan va loyiha post-prodyuserlik bosqichida bo‘lsa-da, to‘rtinchi va undan ham ko‘proq beshinchi qismning taqdiri so‘roq ostida turibdi. Jurnalistlar “Avatar-2: Suv yo‘li” filmidagi asosiy rollardan birining ijrochisi Keyt Uinsletdan Leonardo Di Kaprio bilan yana bir ekranda uchrashish ehtimoli haqida so‘rashdi.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning “Titanik” va “Inqilobiy yo‘l” filmlaridagi hamkasbi bunday loyihada o‘ynashni xohlamaydi. “Yo‘q, bu muhit Leo uchun emas. U hali ham quruqlikdagi odamga o‘xshaydi”, - deb izoh berdi Keyt Uinslet.
Qayd etish joizki, “Titanik” ustida ishlayotganda ikkala aktyor ham layner halokatidan keyingi sahnalarni suratga olayotganda ko‘p vaqtlarini suvda o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelgan.

Tasodifiy xabarlar
Aktyor Benedikt Kamberbetch "Doktor Strenj" roliga qaytadi
“Boshqotirma-2” 2024-yil kinoprokatida eng yaxshi natija bilan boshlangan multfilm bo‘ldi
Mumiyo filmi yangi rasmiy treyleri namoyish qilindi
"Tilak" animatsion filmidan yangi treyler namoyish qilindi
Liza Frankshteyn qo'rqinchili komedik film rasmi treyleri
"После 5: нaвсегда" filmdan rasmiy treyler (Video)