Jeyms Kemeron Xirosimadagi voqealar haqida film suratga olmoqchi

Taniqli rejissyor Jeyms Kemeron Charlz Pellegrinoning ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlanishi haqidagi xotiralariga bagʻishlangan “Xirosimadan chiqqan soʻnggi poyezd: omon qolganlar ortga nazar tashlaydi” nomli asari asosida film suratga olishni rejalashtirmoqda. Rejissyor bu haqda “Los Angeles Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

 

Bizning dunyo biz oʻylagandan ham xavfliroq. Oʻylaymanki, Xirosima haqidagi film hozir har qachongidan ham dolzarbroq boʻladi. Bu tomoshabinlarga yadroviy qurol boshqa odamlarga qarshi nima qilishi mumkinligini eslatib turadi”.

Kemeron ilk bor Charlz Pellegrino asari asosida film suratga olish istagini 2010 yilda bildirgandi. Keyin esa Xirosima va Nagasakidagi portlashlarga guvoh boʻlgan yagona taniqli shaxs Sutomu Yamaguti loyihada ishtirok etishini ham maʼlum qilgandi. Afsuski, Yamaguti 2010-yilda vafot etdi. Ushbu fojiali voqea va rejissyorning “Avatar” franshizasini suratga olish ishlari bilan band ekanligi Kemeronni bu gʻoyadan kechishga majbur qildi.

 

Biroq Kemeron endi loyihani jonlantirish niyatida. U “Los Angeles Times” gazetasiga bergan intervyusida “Avatar 4” filmini suratga olishidan oldin tanaffus qilishi (uning taqdimoti 2026-yil 18-dekabrda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan) va boʻsh vaqtini Xirosima haqidagi filmni suratga olishga bagʻishlashini aytgan.